Parijda yozgi Olimpiadada erkin kurash bahslari davom etmoqda.
-86 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchi Javrail Shapiyev o‘tish bosqichida kanadalik Aleks Murni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi. Endi u 9-avgust kuni kechki dasturda bronza medali uchun amerikalik Aron Bruksga qarshi gilamga chiqadi.
Javrail Shapiyev (-86 kg) yarim final yo‘llanmasi uchun gilamga chiqib bolgariyalik Magomed Ramazanov bilan kurashda mag‘lubiyatga uchragan edi.
Magomed Ramazanov finalga chiqqani bois o‘zbek sportchisida bronza medali uchun o‘tish bahsida qatnashish imkoni paydo bo‘lgandi.
Izoh (0)