Fransiyaning Parij shahrida Olimpiada bahslari davom ettirilmoqda.

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromovaning Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi chiqishi nihoyasiga yetdi.
Taxmina bugun kechgan ko‘pkurash yo‘nalishining saralash bosqichida 126.400 ochko jamg‘arishga erishdi. Bu yakunda 14-natija bo‘ldi.
Ushbu ko‘rsatkich final dasturi uchun kamlik qildi va Ikromova joriy Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.
Izoh (0)