• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘rta koridor Rossiyani ortda qoldiradi

    Iyul Ozarbayjon uchun xalqaro maydonda alohida faollik oyiga aylandi. Shu o’rinda bu ikki tadbir dunyo e’tiborida bo’ldi. Ulardan biri 5—7-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) norasmiy sammiti bo’lib, ikkinchisi, 20-22-iyul kunlari Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan II Shusha Global Media Forumidir.

    Media-forum Ozarbayjonni global ommaviy axborot vositalari muammolarini muhokama qilish uchun maydon sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, TDT sammiti nafaqat Kavkaz va Markaziy Osiyo, balki global kun tartibida ham yetakchilikka da’vogarlikning o‘ziga xos namoyishi bo‘ldi. Quyida tadbir mavzulari haqida “Nezavisimaya gazeta” batafsil ma’lumot berdi.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumki, TDT 2009-yilda Turkiy kengash shaklida tuzilgan. Uning dastlabki asoschilari Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston edi. Keyinchalik unga O‘zbekiston qo‘shildi, Turkmaniston, Vengriya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SHKTR) esa kuzatuvchi davlatga aylandi. Qiziq tomoni shundaki, SHKTR Turkiyadan boshqa hech qaysi davlat tomonidan tan olinmagan.

    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on sammitda qatnashmagan bo‘lsa-da, kengash yig’ilishi kuni Qorabog‘ deklaratsiyasi imzolandi. Tadbirda TDT mamlakatlari o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, harbiy, mudofaa-sanoat va boshqa sohalardagi hamkorlikni faollashtirish zarurligi qayd etildi. Yevropa, Turkiya, Kavkazorti, Markaziy Osiyo va Xitoyni bog‘laydigan “O‘rta koridor” (Trans-Kaspiy xalqaro transport yo‘nalishi) loyihasiga alohida ahamiyat berildi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun yuqorida qayd etilgan Kaspiy va Markaziy Osiyo davlatlarida portlar, temir va avtomobil yo‘llari, logistika yo‘nalishlarini rivojlantirish rejalashtirilgan.

    Deklaratsiyada Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekiston energetika tizimlarini “Yashil koridor” deb ataluvchi integratsiyalashuv loyihasi yaratish kelishildi. Bundan tashqari, TDT doirasida raqamli (shu jumladan, sun’iy intellekt) va iqlim mavzulari kun tartibidan alohida o’rin egalladi. Nihoyat, sammit davomida Vengriya Turkiy sarmoya kengashiga a’zo bo‘ldi.

    Yuqoridagilarning barchasini umumlashtiradigan bo‘lsak, Rossiyaning janubiy qismi — Kavkaz va Markaziy Osiyoda — o‘z kun tartibiga va sayyoramizning strategik muhim hududi ustidan nazoratga da’vo qiladigan davlatlar bloki shakllanmoqda.

    Bundan tashqari, vazir Viktor Orban rahbarligida Vengriya ham ushbu davlatlar blokiga qo‘shilish uchun faol harakat qilmoqda.

    TDT doirasida yangi logistika yo’nalishlarini qurish, birinchi navbatda, Yevroosiyodagi eng yirik logistika markazi sifatidagi mavqei oshib borayotgan Turkiya uchun manfaatlidir. Albatta, boshqa TDT aʼzolari ham Xitoy tovarlarini Markaziy Osiyodan Yevropaga tranzit qilishdan ayni shaklda manfaatdor bo’ladi.

    Bundan tashqari, TDT doirasida davlatlarning integratsiyalashuvi va “O‘rta koridor” qurilishi Yevropa Ittifoqi hamda AQSH uchun ham foydalidir – G‘arb mamlakatlari Markaziy Osiyo davlatlarining nodir metallaridan (ayniqsa zamonaviy iqtisodiyotda muhim bo’lgan litiy) foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa ayni paytda Rossiyaning mintaqadagi ta’sirini cheklash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

    Vengriyaga kelsak, Orban Sharqiy Yevropa va Kavkaz orqali dunyoga ochilishga harakat qilmoqda. Aniqrog’i, Vengriya hukumati Sharqiy Yevropa va Transkavkaz (birinchi navbatda, Ozarbayjon va Gruziya) energiya tizimlarini birlashtirish siyosatini olib bormoqda. Vengriya prezidenti ham Ukraina mojarosida vositachilik imkoniyatini boy bermayapti.

    Bularning barchasi Rossiya qanday ta’sir qiladi?

    Rasmiy ravishda, Rossiyaning TDT markazi bo’lgan Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya bilan munosabatlari tahsinga sazovor.

    Ammo, “O'rta koridor” masshtabida, bu loyiha faqat bitta narsa — Rossiyani tranzit mamlakatlar qatoridan chiqarib tashlash va ilgari Rossiya orqali o‘tgan tovarlar oqimini almashtirishga mo‘ljallangani aniq. Rossiyaga nisbatan amaldagi sanksiyalar rejimi bunday sxemalarni yaratishni faqatgina osonlashtiradi, xolos.

    Bundan tashqari, TDT doirasida mudofaa tizimlari va xavfsizlik tuzilmalarini integratsiya qilish zarurati haqida tobora ko‘proq gap ketmoqda. Ya’ni, TDT nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki harbiy-siyosiy blokga aylanib bormoqda. Shu munosabat bilan oddiy savol tug‘iladi: ayrim davlatlarning (masalan, Qozog‘iston) bir vaqtning o‘zida TDT va KXSHTga a’zo bo‘lishi manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaradimi? Bundan tashqari, harbiy-siyosiy blok odatda kimgadir qarshi qaratilgan bo‘lishi kerak. TDT kimga qarshi yo‘naltiriladi, buni vaqt ko‘rsatadi.

    TDT faoliyatining yana bir qiziq jihati – madaniyat siyosati hisoblanadi. Tashkilotga a’zo postsovet mamlakatlarida kirill alifbosi emas, lotin alifbosiga asoslangan yangi alifbo yaratish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Shunday qilib, Rossiya va TDTga a’zo davlatlar o‘rtasida madaniy masofani kengaytirishga qaratilgan yo’nalish mavjud.

    Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Va nihoyat, Rossiya ichida o‘z avtonom tuzilmalariga ega bo‘lgan turkiy xalqlar yashaydi.

    Ularning eng yiriklari Tatariston va Boshqirdistondir. Ular ham turkiy dunyodagi jarayonlarga juda e’tibor bilan qaraydilar. 

    Shu o’rinda savol tug’iladi: TDT mamlakatlari yoki Rossiya turkiy muxtoriyatlaridagi ayrim doiralarda Moskvani chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish tendentsiyasi kuzatilmayaptimi? Rasmiy Rossiya hukumati bunga qanday munosabatda bo‘ladi? Bunda SHKTRning tashkilotda kuzatuvchi-mamlakat maqomiga ega ekani yuqorida qayd etilgan edi. Garchi, barcha xalqaro huquqlarga ko‘ra, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi ham Kiprning bir qismidir.

    Shunday qilib, TDT siyosiy maydonda kuchli xalqaro o‘yinchiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud, va uning manfaatlari, aytaylik, har doim ham Rossiyaning Kavkaz, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi. Bir qator hollarda, bu Rossiyaning pozitsiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ziddir.

    “Shu bois, Erdo‘g‘on qanoti ostida “panturkiy” integratsiya istiqbollarini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak”, deya xulosa qilingan maqolada.
    30.07.2024, 15:31   Izoh (0)   13068
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘rta koridor Yevrosiyo bozorlarini qayta shakllantira oladimi?

    23.04.2024, 19:01

    Ipak yo‘lining qayta tiklanishi: imkoniyatlar koridorini shakllantirish

    20.06.2024, 20:30

    Osiyoni “koridorlashtirish”: hamkorlik, raqobat va oqibatlar

    25.07.2024, 17:34

    “Eronning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlari o‘zgarishsiz qoladi” — siyosatshunos

    30.07.2024, 13:58

    G‘azo sektorida poliomiyelit epidemiyasi boshlandi 

    30.07.2024, 12:50

    Rossiya harbiy-dengiz floti keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshladi 

    30.07.2024, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.