• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Eronning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlari o‘zgarishsiz qoladi” — siyosatshunos

    Eronning yangi tayinlangan prezidenti Masʼud Pezeshkiyon davrida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda Moskva Xalqaro tadqiqotlar universiteti professori Aleksandr Knyazev bergan xulosalarga asoslanib, “Nezavisimaya gazeta” nashri xabar berdi.

    Foto: journal-neo.su

    Manbada aytilishicha, Pezeshkiyon davridagi Eron Markaziy Osiyoga nisbatan kayfiyat o‘zgarishini ifoda etmaydi. Chunki mamlakatda, hech shubhasiz, Ibrohim Raisiy boshlab bergan kurs davom etadi.

    Ayni damda Markaziy Osiyo yetakchilari orasida yangi yetakchi Pezeshkiyonni yaqindan “bilib olish”ga qiziqish kuchaygan. Yaqin orada Eron yetakchisining Ostona, Toshkent, Dushanbe va Bishkekka tashriflari ham amalga oshirilishi mumkin.

    Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Masʼud Pezeshkiyonni 30-iyul kuni rasman prezident lavozimiga tasdiqlashi aytilgan. Inauguratsiya marosimi Tehronda, parlament binosida yuqori martabali amaldorlar va ilohiyot olimlari ishtirokida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

    Xabarda aytilishicha, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov yangi hukumat bilan allaqachon iliq munosabat o‘rnatgan. Bu Eron tomonining ham do‘stona hamkorlikka tayyorligi bilan izohlangan. Turkmaniston deyarli butun Markaziy Osiyo uchun Eron va Fors ko‘rfazi yo‘nalishida darvoza hisoblanadi. Shu boisdan ham bu mamlakat Tehronning shimoli-sharqiy qo‘shnilariga nisbatan yuritadigan strategik yo‘nalishini o‘ziga moslashtirishni xohlaydi.

    Masʼud Pezeshkiyon lavozimga kirishish arafasida eʼlon qilgan “Yangi dunyoga xabarim” maqolasida Eronning kelajakdagi tashqi siyosati konturlarini belgilab bergan. Ushbu maqolani tahlil qilgan mutaxassislar fikricha, Eronning strategik yo‘nalishi o‘zgartirilmaydi, balki uning vektorlari tarmoqlanadi — mamlakat ko‘p qirrali bo‘lishga va yangi hamkorlar topishga intiladi.

    “Masud Pezeshkiyon, agar urinsa ham, Eronning strategik rivojlanish yo‘nalishini o‘zgartira olmaydi. Mamlakat taraqqiyot kursi oliy rahnamo (Ali Xomanaiy) roziligi bilan marhum Ibrohim Raisiy prezidentligi davrida asos solingan. Uni o‘zgartirishga prezidentning siyosiy irodasi yetmaydi”, degan voqeaga o‘z munosabatini bildirgan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti, xalqaro tadqiqotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Aleksandr Knyazev.

    Ekspertning fikricha, Pezeshkiyon saylovoldi shiorlari va saylovchilarni jalb qilishga qaratilgan bayonotlarini, vaʼdalarini amalga oshirishga harakat qilishi haqiqatdan yiroq. Uning o‘zi prezidentlikka tayinlansa, oliy rahnamo belgilab bergan yo‘nalishdan borishini bir necha bor taʼkidlagan.

    Ikkinchidan, Eron siyosiy tizimining o‘zi juda ko‘p cheklovlar va muvozanat asosida ishlaydi. Prezidentning ayrim qarorlari parlament tomonidan rad etilishi mumkin, chunki parlamentda ko‘pchilik oliy rahnamo kursi tarafdori.

    “Pezeshkiyonning saylovoldi vaʼdalarini amalga oshirish hamda ichki va tashqi siyosatda oliy rahnamo tomonidan belgilab qo‘yilgan qizil chiziqlardan o‘tish qobiliyatiga nisbatan maʼlum bir shubha bor”, degan Knyazev.

    Ibrohim Raisiy ilgari belgilab bergan “Sharqqa nazar” strategiyasi Eron tashqi siyosati konsepsiyasining muhim qismi bo‘lib qolishiga urg‘u berilgan. Eron rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyoning muhim ishtirokchilaridan biri ekani, uning pozitsiyasi Eron konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgani hamda mamlakat prezidenti faqatgina ijro etuvchi hokimiyat rahbari ekanligi mavjud siyosiy kursni o‘zgartirishga monelik qilishi tahlillarda keltirilgan.

    Yangi prezident, ekspert fikricha, birinchi navbatda Eronning ichki hayotiga, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani Eron jamiyati manfaatlaridan kelib chiqib boshqarishga imkon qadar ko‘proq eʼtibor qaratishi kerak. Chunki Eron raqiblari eronliklar va ularning o‘z hukumati o‘rtasida keskinlik yaratishga urinishi mumkin.

    “Masʼud Pezeshkiyon saylovoldi nutqlarida amalda qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi, yadroviy kelishuv muallifi Javad Zarifni tashqi ishlar vaziri etib tayinlash maqsadlari haqida gapirdi. Biroq, Hasan Ruhoniy prezidentligi davrida mamlakat manfaatlariga yetkazilgan barcha zararlardan so‘ng, parlament ham, boshqa konstitutsiyaviy organlar ham bunday tayinlanishga rozi bo‘lishlari dargumon.

    AQSH rahbariyatida ham Eron bilan qarama-qarshilikni davom ettirish uchun ko‘plab sabablar mavjud. Hech kim kutmagan yangi “harakatlar rejasi” esa tomonlar kelishuvi masalasini butunlay noreallikka aylantirib qo‘yishi mumkin. Qo‘shma Shtatlar Eronning butun rivojlanish modeli va davlat tuzilishini o‘zgartirishni xohlaydi, yadroviy bitimdan esa faqat xalqaro jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish vositasi sifatida foydalanadi.

    AQSHning pozitsiyasi Amerikaning o‘zida bo‘lajak prezidentlik saylovlari natijalaridan qatʼi nazar, o‘zgarishsiz qoladi. Agar Donald Tramp kuzda AQSHda g‘alaba qozonsa, biz Amerikaning Eronga nisbatan siyosati yanada qattiqlashishini kutishimiz mumkin bo‘ladi”, — degan tadqiqotchi Knyazev.

    Manbaga ko‘ra, Eronning Markaziy Osiyodagi yuritadigan siyosati avvalo Turkmaniston bilan aloqalarda aks etadi. Buning ifodasi sifatida ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan 10 milliard kub metr hajmida gaz yetkazib berish loyihasini keltirish mumkin. Bundan tashqari Rossiyaning Gazprom kompaniyasi ham Turkmanistondan tranzit sifatida foydalanib, Eronga chiqish imkoniga ega bo‘lishi mumkin.

    30.07.2024, 13:58   Izoh (0)   3490
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mas’ud Pezeshkiyon Eron prezidenti etib saylandi

    06.07.2024, 10:29

    AQSH yadroviy kelishuvga qaytishga tayyorligini Eronga ma’lum qildi

    26.07.2024, 18:40

    Eron oliy rahnamosi tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlarni aytdi

    28.07.2024, 20:50

    G‘azo sektorida poliomiyelit epidemiyasi boshlandi 

    30.07.2024, 12:50

    Rossiya harbiy-dengiz floti keng miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlarni boshladi 

    30.07.2024, 12:10

    Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishga chaqirdi 

    30.07.2024, 11:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada Rossiyaning NATOga a’zo bo‘lish g‘oyasi haqida maxfiy hujjatlar e’lon qilindi

    Dunyo | 25 avgust, 20:40

    Yupiterning paydo bo‘lishi meteoritlarning o‘zgarishiga olib kelgan — tadqiqot

    Dunyo | 25 avgust, 20:30

    O‘zbek muhojirlari Boltiqbo‘yi davlatlaridan pul yuborishni keskin ko‘paytirdi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 20:20

    Suriya prezidenti ash-Shara’a BMTda nutq so‘zlaydi

    Dunyo | 25 avgust, 20:05

    Tramp ABC va NBC telekanallarining efir litsenziyalarini bekor qilishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

    Dunyo | 25 avgust, 19:50

    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy

    Reklama | 25 avgust, 18:00

    Suriya va Isroil o‘rtasidagi xavfsizlik to‘g‘risidagi kelishuvning yangi tafsilotlari oshkor qilindi

    Dunyo | 25 avgust, 19:37

    Ukraina va AQSH vakillari Rossiya tomoni bilan bo‘lajak tinchlik muzokaralaridan oldin uchrashmoqchi

    Dunyo | 25 avgust, 19:25

    O‘zbekistonda “Milliy futbol elektron platformasi” yaratiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 19:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.