Chexiya xavfsizlik va axborot xizmati direktori Mixal Kudelko Rossiya, Xitoy va Eronning razvedka operatsiyalarini Yevropa uchun asosiy tahdid deb atadi. Bu haqda u ČTK nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Kudelkoning so‘zlariga ko‘ra, dunyo “qaynamoqda” va global to‘qnashuv yoqasida turibdi. Boshqa tahdidlar qatorida u propaganda, migratsiya, terrorizm tahdidi, noqonuniy qurol savdosi, kiberhujumlar va sun’iy intellektni suiiste’mol qilishni ham sanab o‘tdi.
Chexiyalik amaldor dunyodagi vaziyat “juda jiddiy” ekani va bu ko‘plab sohalarda o‘z aksini berayotganini aytdi. NATO ittifoqchilarining aksariyati yaqin yillarda Rossiya va alyans davlatlari o‘rtasida urush bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas, deb hisoblaydi. Estoniya razvedkachilari urush 10 yil ichida ro‘y berishi mumkinligini prognoz qilmoqda.
Bundesver bosh inspektori Karsten Broyer Rossiya yetarli darajada harbiy salohiyatni oshirib, NATO hududiga 5-8 yil ichida hujum qilishi mumkinligini aytgandi. U hozirda “Rossiya armiyasi G‘arbga yo‘naltirilayotgani”ni ma’lum qilgan.
Besh-sakkiz yil ichida Moskva qurolli kuchlari NATO hududiga hujum qilish uchun moddiy baza va shaxsiy tarkib bilan ta’minlanadi, degan Broyer.
Izoh (0)