Arxeologlar Gruziya g‘arbida taxminan 10 ming yil avval yashagan bola skeletini topdi. Bu haqda mahalliy nashr xabar berdi.
Noyob topilma Sachxer munitsipalitetidagi Bondi g‘orida aniqlangan. Suyak qoldiqlari tosh bilan qoplangan bo‘lib, olimlarning aytishicha, bu eng qadimgi dafn marosimlariga xosdir. Skelet 12 yoshgacha bo‘lgan bolaga tegishli ekani aytilmoqda.
Bondi g‘ori Gruziya Davlat universiteti professori Ilya Nikoloz Tushabramishvili boshchiligidagi ekspeditsiya davomida o‘rganilgan. Qazilmalar Chiatur o‘lkashunoslik muzeyiga topshirilgan. Yaqin kelajakda olimlar qadimgi odam suyaklaridan ajratib olingan DNKni tahlil qilishi kerak bo‘ladi. Genetik tahlillar xorijiy laboratoriyalarda o‘tkaziladi. Tadqiqotlarga Buyuk Britaniya, AQSH va Yaponiya ekspertlari jalb etilgan.
Tahlillar ilk migratsiya va Yevropa protosivilizatsiyalari tarixiga oydinlik kiritish imkonini beradi. Bondi g‘ori noyob arxeologik yodgorlikdir. Tushabramishvili uni 2007-yilda ochgan. O‘shandan beri u yerda juda ko‘p topilmalar: qadimgi kuchli zilzila izlari, vulqon kuli, qoyatosh rasmlari va dunyodagi eng qadimgi yoshi 32 ming yillik kalava topilgan.
Izoh (0)