• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Asosiy stavka pasaygani xalq va iqtisodga qanday taʼsir qiladi?

    Joriy yil 25-iyul kuni O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 0,5 foizga pasaytirib, yetti yil ichida ilk bor 13,5 foiz etib belgiladi. Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Asosiy stavka aholi va iqtisodiyotga qanday taʼsir qiladi?

    Asosiy stavka haqida

    Markaziy bank 2019-yilda pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimiga o‘tgan. Rejimning bosh instrumenti asosiy stavka hisoblanadi. Asosiy stavka banklar, omonatlar, kreditlar va boshqa qator tarmoqlarga bevosita taʼsir qiladi. U talab va taklifni, aholi hamda biznes qarorlarini o‘zgartiradi. Bularning barchasi narxlarda aks etadi.  

    Pul–kredit siyosati iqtisodiyotda narxlar barqarorligini taʼminlashga asoslanadi. Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi (target) belgilanadi. Markaziy bankning barcha choralari ushbu targetga erishishga qaratiladi.

    Markaziy bank departament direktori Eldor Zokirov “Daryo” muxbiri bilan suhbatda asosiy stavka qanday ishlashi haqida maʼlumot berdi.

    Eldor Zokirov
    Foto: “Daryo”

    “Markaziy bank asosiy stavka, yaʼni foiz stavkasi bo‘yicha qaror qabul qigach, uni iqtisodiyotga taʼsir qila boshlaydi. Belgilangan foiz stavkasi atrofida tijorat banklari bilan pul berish va olish operatsiyalari amalga oshiriladi. Mazkur stavkada Markaziy bankka pul joylashtirib, olish imkoni bo‘lgach, qaror banklarga taʼsir qiladi. Tijorat banklari asosiy stavkani “his qila boshlaydi”, keyin jarayon pul bozoriga o‘tadi. Pul bozorida banklar bir–biri bilan o‘sha stavka atrofida operatsiyalarni amalga oshiradi.

    Markaziy bank foiz koridori va asosiy stavka instrumentlari orqali pul bozoridagi stavkani boshqaradi. Asosiy stavka oshsa, pul bozoridagi stavkalar ham oshadi, pasaysa, pasayadi. Bu asosiy stavka bo‘yicha qarorni pul bozoriga o‘tishining birinchi bosqichidir. Keyingi bosqichda u tijorat banklarining depozitlariga taʼsir qila boshlaydi”,—dedi mutaxassis.

    Eldor Zokirovning aytishicha, asosiy stavka pul bozoriga taʼsir qilgach, pul bozori depozitlar stavkasiga, depozitlar narxi kreditlarga taʼsir o‘tkazadi. Depozitlar va foiz stavkalari shakllanishi aholi hamda tadbirkorlik subektlarining iqtisodiy qarorlariga taʼsir qiladi.

    “Depozitlar stavkasi oshadigan bo‘lsa, aholi ko‘proq jamg‘aradi, stavka pasaysa, ko‘proq isteʼmol qilib, kamroq jamg‘aradi. Stavkaning yuqoriligi odamlarning pul jamg‘arishini qo‘llab–quvvatlasa, pasayishi isteʼmolini qo‘llaydigan instrument bo‘lib xizmat qiladi”,—dedi Eldor Zokirov.
    Foto: “Daryo”

    Asosiy stavka pasayishi qayerda aks etadi?

    O‘zbekistonda belgilangan 13,5 foizlik asosiy stavka aholi va iqtisodiyotga qanday taʼsir qiladi? 25-iyul kuni jurnalistlar bilan muloqotda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ushbu masalada tushuntirish berdi.

    Mamarizo Nurmurodov
    Foto: “Daryo”

    “Asosiy stavkaning 0,5 foizga pasayishi eng avvalo asosiy stavka bilan bog‘liq bo‘lgan — o‘zgaruvchan foizlarda ajratilgan kreditlarga taʼsir qiladi. Yaʼni bevosita taʼlim va imtiyozli ipoteka kreditlarida, asosiy stavkaga bog‘lab ajratilgan oilaviy tadbirkorlik kreditlarida o‘z aksini topadi.

    Ikkinchi juda tezda taʼsirini ko‘radigan jarayonimiz bu Markaziy bank bilan bo‘ladigan pul bozoridagi operatsiyalar bilan bog‘liq. Asosiy stavka o‘zgarishining pul bozoriga taʼsiri ikki chorakdan olti chorakkacha cho‘zilishi mumkin. Yaʼni shu davr ichida bu instrument bozor foiz stavkalarida belgilangan kreditlarga taʼsir o‘tkazadi. Ikki yoki to‘rt chorakdan keyin kreditlar 0,5 foizga ham, 1 foizga ham pasayishi mumkin. Hozir buni aniq aytish imkonsiz”,—dedi Markaziy bank rahbari.

    Mamarizo Nurmurodovning qo‘shimcha qilishicha, kredit foizlarini to‘liq asosiy stavkaga bog‘lab xulosa qilish bir muncha noto‘g‘ri. Chunki kredit ajratishda xatarlar mukofoti inobatga olinadi. Har bir qarz oluvchi bilan bank o‘rtasidagi munosabatlar qarz oluvchining layoqatlilik darajasidan kelib chiqib belgilanadi.

    Foto: “Daryo”

    Asosiy stavka inflyatsiyaga qanday taʼsir qiladi?

    Eldor Zokirovning aytishicha, asosiy stavka pasayishi inflyatsiyani oshiruvchi omil emas.

    “Biz shu paytgacha asosiy stavkani yuqori foizda saqlab keldik. Inflyatsiya 2022-yil oxirida 12,3 foiz edi, 2023-yil yakunida 8,8 foiz bo‘ldi. Yaʼni 3,5 foiz bandga pasaydi. Shunda ham asosiy stavkani pasaytirishga shoshmadik va 14 foiz darajasida saqlab keldik. Chunki energiya narxlarini erkinlashtirish bilar bog‘liq kutilmalar bor edi.

    Bizda energiya tariflari o‘zgarishi inflyatsiyaga, inflyatsion kutilmalarga qay darajada taʼsir qilishi, narx o‘zgarishining ikkilamchi taʼsiri qanday bo‘lishi to‘g‘risida aniq hisob–kitoblar bo‘lmagan. Kutilmalar turli yo‘nalishda ekani uchun asosiy stavkani pasaytirmagandik.

    Energiya tariflari o‘zgargach ko‘rdikki, inflyatsiyaga uning taʼsiri biz qatʼiy pul–kredit sharoitini saqlab qolganimiz uchun pastroq bo‘ldi. Shundan kelib chiqib, yuqori qo‘yilgan marjani maʼlum darajada yumshatdik va asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, 13,5 foiz etib belgiladik”,—dedi mutaxassis.

    Foto: “Daryo”

    Eldor Zokirovning taʼkidlashicha, asosiy stavka pasaytirilgani pul–kredit sharoitlari qatʼiyligiga sezilarli taʼsir qilmaydi.

    “Pul–kredit sharoitlari hozirgiga nisbatan qatʼiy sharoitda saqlanib qoladi. Va bu inflyatsiyani yanada pasaytirishga xizmat qiladi. Biz inflyatsiyani yil yakuniga qadar 9 foizgacha, 2025-yil oxirida 5 foizlik targetgacha yaqinlashtirishga harakat qilamiz”,—dedi Markaziy bank departament direktori.

    Malumot uchun, 2024-yil iyun oyida respublikada umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllandi. 

    28.07.2024, 11:35   Izoh (0)   9769
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Asosiy stavka 14 foizgacha pasaytirildi. Bu oddiy odamlarga qanday ta’sir qiladi?

    16.03.2023, 16:02

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi oshgani maʼlum qilindi

    25.07.2024, 18:06

    “Ayrim operatsiyalarini chekladik” — Mamarizo Nurmurodov ustav kapitali yetarli bo‘lmagan banklarga qanday chora ko‘rilgani haqida

    25.07.2024, 19:43

    O‘zbekistonda qaysi kasb egalari eng ko‘p oylik olmoqda?

    26.07.2024, 19:14

    O‘zbekistonda tayyor zargarlik buyumlariga import bojxona boji kamaytiriladi 

    25.07.2024, 18:30

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    25.07.2024, 16:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.