Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 8,96 so‘mga ko‘tarilib, 12 634,00 so‘m bo‘ldi. Yevro 10,21 so‘mga oshib, 13 710,42 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,51 so‘mga ko‘tarilib, 148,62 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar ikki kunlik pastlashdan so‘ng 40,76 so‘mga ko‘tarilib, 12 625,04 so‘m bo‘lgandi.
Izoh (0)