Parij Olimpiadasida dzyudo bahslariga start berildi. 27-iyul sanasida o‘zbekistonlik Doston Ro‘ziyev va Halima Qurbonova Olimpiya o‘yinlarida debyut qildi.
-60 kggacha vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida Doston Ro‘ziyev ukrainalik Dilshod Xolmatovga qarshi gilamga ko‘tarildi. Afsuski, Doston kichik hisobda raqibiga mag‘lub bo‘ldi (0:1). Doston Ro‘ziyev Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlaridagi ishtirokini yakunladi.
-48 kggacha vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida Halimaxon Qurbonova Ozarbayjon vakili Leyla Aliyevaga qarshi harakat qildi. Xorazmlik sportchi qiyin kechgan uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Halimaxon keyingi bosqichda shvetsiyalik Tara Babulfathga qarshi tatamiga ko‘tarilib, imkoniyatni boy berdi.
Izoh (0)