llgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar Olimpiada o'yinlari guruh bosqich doirasidagi bahsda ishlaydi.
![](/static/2024/07/27/photo_2024-07-26_19-09-44-oWVYSYoN.jpg)
Ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu musobaqaning futbol sport turi bo‘yicha ikkinchi tur uchrashuvlariga bugun, 27-iyul kuni start beriladi. Ushbu tur doirasida Fransiya — Gvineya uchrashuvini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi. Mazkur bahs 28-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
Hakamlar:
- Ilgiz Tantashev — bosh hakam;
- Andrey Tsapenko — qanot hakami;
- Timur Gaynullin — qanot hakami.
Avvalroq O‘zbekiston—Misr uchrashuvini okeaniyalik hakamlar boshqarishi xabar berilgan edi. Ushbu uchrashuv bugun, 27-iyul kuni 20:00 da bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)