Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari start olmoqda.
O‘zbekistonlik qilichboz Zaynab Dayibekova Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ilk raqibini bilib oldi.
Qur’aga ko‘ra, Tokio—2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi janubiy koreyalik Jisu Yun Dayibekovaga dastlabki bosqichda raqiblik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Dayibekova ishtirok etadigan sablya dasturidagi bahslar 29-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)