• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Mariya Montessori — dunyo bolalariga hayotini bag‘ishlab, o‘z farzandini tashlab ketgan ayol taqdiri

    Mariya Montessori insonparvarlik, shaxsga bo‘lgan hurmat va tarbiya erkinligi g‘oyalariga asoslangan o‘ziga xos pedagogik tizimni yaratdi. Italiyalik shifokor, pedagog, olima bo‘lgan ushbu ayol YUNESKO qarori bilan XX asrda pedagogik fikrlash uslubini aniqlashga hissa qo‘shgan insonlar ro‘yxatiga kiritilgan.

    Mariya Montessori
    Foto: Wikipedia

    Mariya Montessori 1870-yil 31-avgust kuni Italiyadagi Chiaravalle nomli kichik shaharchada dunyoga keladi — u Alessandro va Reynilde Montessorilar oilasining yagona farzandi edi. Otasi yuqori martabali davlat amaldori bo‘lsa, onasi ajdodlaridan ko‘plab olimlar yetishib chiqqan Stopanilardan edi. Mariyaning bolaligi qanday kechgani haqida ma’lumotlar kam. Bir narsa aniqki, uning ota-onasi qattiq tartib-qoidali katoliklar Italiyasida ayollarga bo‘lgan munosabat o‘zgacha ekanini bilsa-da, qizi o‘zining bor imkoniyatlarini namoyon etishi uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni amalga oshiradi.

    Boshlang‘ich maktabdayoq Mariya Montessori o‘qishda hech qanday qiyinchilikka uchramaydi, matematika uning sevimli fani edi. Uning sinfdoshlari eslashicha, Mariya hatto teatrga ham darsliklarni o‘zi bilan olib borib, u yerda turli masalalarni yangicha nostandart usullarda yechgan. 12 yoshida qiz gimnaziyada o‘qishga qiziqib qoladi, ammo ayollarning u yerda ta’lim olishi taqiqlangan edi, shunday bo‘lsa-da, Mariya o‘jarlik bilan barcha to‘siqlarni yengib o‘tadi va u o‘smirlar uchun mo‘ljallangan texnika maktabiga o‘qishga qabul qilinadi. Aynan shu yerda u o‘quvchilarning shaxsiyatini sindirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi turish haqida o‘ylay boshlaydi. Tabiiy fanlar bo‘yicha o‘qib kelgan qiz va nihoyat o‘z yo‘nalishini tanlaydi — u bolalar shifokori bo‘lishga qaror qiladi. Biroq o‘sha vaqtdagi Italiyada bu imkonsiz edi, tibbiyot faqat erkaklar uchun mo‘ljallangandi.

    Shunday bo‘lsa-da, u universitetga bir shart bilan o‘qishga kiradi — unga otasi hamrohligisiz ma’ruzalarga kirish taqiqlanar va barcha erkaklar o‘z o‘rnini egallab olmaguncha auditoriyaga kirishi mumkin emasdi. Qiz bolaning o‘zlari bilan o‘qiyotganidan g‘azablangan kursdoshlari Mariya bilan gaplashmas, uning o‘tirishiga joy qoldirmas, ba’zida “bexosdan” stulini turtib yuborishar edi. Universitetda o‘qish qiz uchun oson kechmaydi. Ayollarning kirishi taqiqlangan anatomik teatr darsi oxirgi tomchi bo‘ladi. Qiz dars yakunlangandan keyin kechasi, yolg‘iz o‘zi morgda mustaqil shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. Aslida Mariya bu darsni umuman yaxshi ko‘rmasdi, u hatto tibbiyotni tark etish haqida ham o‘ylay boshlaydi. Ammo oldiga qo‘ygan maqsadidan og‘ishmagan Mariya o‘qishni baribir tugatadi. Uning diplomiga hatto o‘zgartirish ham kiritiladi, chunki hech kim ayol kishi bu yo‘nalishda o‘qishini taxmin ham qilmagan edi.

    “Mariya Montessori: bolalar uchun umr” filmidan
    Foto: “Kinopoisk”

    “Qanchalik baland hushtak chalsangiz, shunchalik yuqoriga ko‘tarilaman”

    Mariya Montessorining mehnatlari o‘z mevasini beradi — u Italiyadagi birinchi ayol-shikoforga aylanadi. 1896-yilda Mariya universitet klinikasida ish boshlaydi. Bu yerda u imkoniyati cheklangan bolalar bilan birinchi uchrashuvini o‘tkazadi. Hech kim ushbu bolalarning rivojlanishi ustida ishlamas, ular o‘z holiga tashlab qo‘yilgan edi — ovqatlanganidan keyin bemor bolalar polda sudralar, urvoqlarni terib yer, sharlarni yopishtirib o‘tirardi. Klinikada ishlaydigan shifokorlar bunday harakatlarni aqliy nosog‘lomlik belgisi deb hisoblardi, faqat Mariya Montessorigina ularning rivojlanishi uchun materiallar kerakligini ko‘radi. Bolalarni kuzatgan Mariya o‘zining pedagogik tizimining asosiy tamoyilini aniqlab oladi — xoh bemor, xoh sog‘lom bo‘lsin, barcha bolalar uchun rivojlanadigan muhit zarur.

    Imkoniyati cheklangan bolalarni davolash va o‘qitish muammosiga sho‘ng‘ib ketgan Montessori Eduard Segan va Gaspar Itar kabi fransuz psixiatrlarining mehnatlarini o‘rganib chiqadi. Ayol ularning kitoblarini 600 varaqli daftarga qo‘lda ko‘chirib, tarjima qiladi. “Men mualliflar ruhiyatiga kirib borish uchun sekin va e’tibor bilan o‘qirdim”, deya eslaydi keyinchalik Mariya.

    Mariya aynan Segandan alohida uslubda mashg‘ulotlar o‘tilsa, “yuz nafar telbaning yigirma besh nafari normal insonga aylanadi”, qarashini oladi. Montessori aqli zaiflik bu — tibbiy emas, balki ko‘proq pedagogik muammo degan xulosaga keladi. Uni shifoxona va klinikalarda emas, balki bolalar bog‘chasi va maktablarda hal etish kerak. Montessori tarbiyalagan bolalar Rimda munitsipal boshlang‘ich maktab o‘quvchilari bilan birga imtihon topshirib, normal bolalardan ko‘ra yaxshiroq natijani ko‘rsatganidan keyin hukumat aqli zaif bolalar uchun o‘qituvchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan Ortofenik institutni yaratadi. 1898-yilda Montessori uning direktoriga aylanib, 1900-yilga qadar boshqaruvni o‘z zimmasiga oladi.

    Montessori pedagogika va psixologiyani o‘rganishni boshlaydi. Biroq uni ko‘proq antropologiya, bolaning aqliy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan evolyutsion masalalar, tabiiy omillar qiziqtirardi. 1904-yilda u Rim universitetidagi antropologiya kafedrasi rahbariga aylanadi va pedagogika sohasida turli antopologik tadqiqotlar o‘tkazishga kirishadi. Shu bilan birga, Mariya aqli zaif bolalar uchun mo‘ljallangan tibbiy-pedagogik institutda ham pedagogikani o‘rganishni davom ettiradi. Ayol Seganning didaktik materiallari ustida ko‘plab ishlar qiladi, uni takomillashtiradi va bolalarni o‘qish hamda yozishga o‘rgatadigan o‘z uslubini yaratadi.

    “Mariya Montessori: bolalar uchun umr” filmidan
    Foto: “Kinopoisk”

    Uning maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘qishdan ko‘ra yozishga ustuvorlik berish haqidagi bayonoti haqiqiy inqilobga aylandi. Montessori bolalar salomatligi yo‘nalishida ishlashga kirishib, yana ta’limni davom ettiradi. Endi u sog‘lom bolaning pedagogik rivojlanishini o‘rganishni boshlaydi.

    Sevgilisi Juzeppe Montessano bilan u Rimdagi psixiatriya klinikasida birga ishlaydi. Mariya Juzeppe bilan oila qura olmasdi, aks holda karyerasini yakunlashga to‘g‘ri kelardi. Chunki yosh juftlik rasmiy nikohsiz bir-biriga sadoqatli bo‘lish uchun qasam ichgandi. 1898-yilda Mariya Mario ismli o‘g‘lini dunyoga keltiradi, turli gap-so‘zlardan nari bo‘lishi uchun farzandini boshqa oilaga berib yuboradi. Ammo Mariya o‘g‘lini tashlab qo‘ymaydi — dam olish kunlari undan xabar olib turadi, 10 yildan keyin esa farzandini uyiga olib ketadi.

    1901-yilda Mariya Montessori Rim universitetining falsafa fakultetiga o‘qishga kiradi. Bundan tashqari, u eksperimental psixologiya va pedagogik antropologiya bilan shug‘ullanishni davom ettiradi. Antropologiya kafedrasi mudiriga aylanadi, “Psixologik antropologiya” nomli kitob yozadi, “Haqiqiy ta’lim — yordam berish, qoralash emas. Haqiqiy ta’lim bolani charchatmaydi, balki unga energiya beradi” mavzusida ma’ruzalar o‘qiydi.

    1907-yil 6-yanvar kuni italiyalik millioner Eduardo Talamo qo‘llab-quvvatlovi ostida Montessori San-Lorensoda birinchi bolalar uyini ochadi. Umrining keyingi 45 yilini ayol shu yerda sog‘lom bolalar tarbiyasi va ta’lim muammolariga qaratilgan izlanishlarini olib boradi.

    “Bolalar uyi” Montessori ishlab chiqqan uslubga asosan ish olib boradi. Avvaliga bino turli yoshdagi bolalar uchun qulay tarzda jihozlanadi. Sensorli, matematik va til materiallarining ilk jamlanmalari tayyorlanadi. Montessori bolalar katta qiziqish va e’tiborini chalg‘itmasdan o‘qishini kuzatib borardi.

    Montessorining o‘qitish uslubi
    Foto: Wikimedia Commons

    “Tanlovga tabiat har kimga uning aqliy o‘sishi uchun qo‘llanma sifatida beradigan instinkt sabab bo‘ladi; instinkt tomonidan boshqariladigan faoliyat ko‘proq energiya va maksimal ishtiyoq bilan rivojlanadi, natijada bolalar biror o‘qituvchining tushiga ham kirmagan qiziqish bilan darsga berilib ketadi”, degan edi Montessori.

    Bolaning tabiiy rivojlanishi qonunlarini tushungani, ularni hurmat qilgani, materiallarni taqdim etish usuli, guruhlarda turli yoshdagi bolalarning to‘planishi — bularning barchasi o‘z mevasini beradi. Bolalar uyiga butun dunyodan mehmonlar tashrif buyura boshlaydi, Montessori izdoshlari va o‘quvchilari paydo bo‘ladi.

    1909-yilda Mariya birinchi xalqaro o‘quv seminarini o‘tkazadi va unda Italiya, Fransiya, Ispaniya, Angliyadan 100 nafarga yaqin o‘qituvchi ishtirok etadi. Montessori “Bolalar uyida yosh bolalarni tarbiyalashda qo‘llanadigan ilmiy pedagogika usuli” nomli kitob chop etadi. Ushbu kitob butun dunyoga mashhurlikka erishib, ko‘plab tillarga tarjima qilinadi. 1913-yili AQSHdagi ma’ruzasi muvaffaqiyatga erishgach, telefon ixtirochisi Aleksandr Bell hamda uning rafiqasi Vashingtonda Montessori ta’lim assotsiatsiyasiga asos soladi — prezident Vudro Vilsonning qizi uning ishonchli vakiliga aylanadi.  

    Yevropada ham Mariyaning obro‘si oshib boradi. Montessorini Ispaniyaga, keyin esa Angliyaga taklif qilishadi. Aynan shu yerda u 1932-yilda kursga kelgan Gandi bilan tanishadi. Montessorining izdoshlari orasida ko‘plab mashhur psixologlar ham bor edi. Erik Erikson uning shogirdi bo‘lsa, Jan Piaje bilan u do‘st edi. Dunyoga mashhur Zigmund Freyd esa “Montessori bor joyda mening keragim yo‘q”, derdi.

    Mariyaning g‘oyalaridan ilhomlangan diktator Mussolini butun Italiya bo‘ylab Montessori bog‘chalarini ochishni buyuradi. Biroq normallashgan bolalar ko‘r-ko‘rona qattiq intizomga asoslangan harbiy ta’limga bo‘ysunmaydi. Bundan norozi bo‘lgan Mussolini barcha bog‘chalarni yopish bo‘yicha topshiriq beradi, Mariyaning o‘zi esa Italiyadan ma’lum muddatga chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Amerikadagi do‘stlari uni o‘z yurtiga taklif qiladi, ammo ayol biror mamlakatga bog‘lanib qolishni istamas edi — u o‘zini dunyo odami deya hisoblardi. Montessori avvaliga Ispaniyada, keyin Niderlandiyada yashaydi, Ikkinchi jahon urushi boshlanganida dushman davlat fuqarosi bo‘lgan Mariya Angliyada edi. Natijada u o‘g‘li bilan Hindistonga ko‘chib o‘tib, u yerda 7 yil yashaydi, Madras, Karachi va boshqa shaharlarda ma’ruzalar o‘qiydi.

    Foto: Wikipedia

    Urushdan keyin ayol Yevropaga qaytib, Niderlandiyada qo‘nim topadi. “Bola tafakkuri” nomli kitobi pedagogikada yangi yo‘nalishni yaratib beradi. Montessori tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatiladi. Mariya Montessori 1952-yilda olamdan o‘tadi. U Nordvig shahridagi katoliklar qabristoniga dafn etiladi. Mariyaning qabrtoshiga “Hamma narsani uddalay oladigan aziz farzandlarimdan odamlar o‘rtasida va butun dunyoda tinchlikka erishish uchun men bilan birga ishlashlarini so‘rayman”, yozuvi tushirilgan.

    27.07.2024, 20:52   Izoh (0)   43588
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shekspir — teatr, o‘limdan keyingi mashhurlik va meros qolgan karavot. Buyuk dramaturg taqdiri

    22.06.2024, 20:55

    G‘aroyib Klementina: Uinston Cherchillning rafiqasi qanday qilib Angliyani, oilasi va bosh vazirni qutqargan edi?

    14.07.2024, 11:31

    Rassom, ixtirochi yoki iqtidorli uddaburon — mashhur alifbo muallifi Semyuel Morze aslida kim edi? 

    20.07.2024, 18:00

    Eronda o‘ta issiq ob-havo tufayli davlat tashkilotlari va banklar o‘z faoliyatini to‘xtatdi

    27.07.2024, 20:16

    Netanyaxu Buyuk Britaniyaga qadam qo‘ysa, hibsga olinadi — OAV

    27.07.2024, 19:33

    Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimida Janubiy Koreya delegatsiyasi Shimoliy Koreya deb tanishtirildi

    27.07.2024, 18:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.