Ijtimoiy tarmoqlarda yangi chellenjlar paydo bo‘lishi odatiy holga aylandi, ammo O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini #qonimdagalaba chellenji o‘zining betakrorligi va keng ko‘lamdagi qamrovi bilan ajralib turdi. Ushbu chellenj 2000 dan ortiq videolarni o‘z ichiga olib, umumiy 10 milliondan ortiq foydalanuvchilarga yetib bordi, bu esa butun Uznet jamoasini birlashtirdi.
O‘zbekistonliklarni bir maqsad yo‘lida birlashtirishga qaratilgan loyihada Instagram foydalanuvchilari futbol mavzusida videolar tasvirga olib #qonimdagalaba heshtegi bilan o‘z sahifalariga joylashtirishdi. Videolar butun respublikadan va dunyoning boshqa davlatlaridan — chekka qishloqlardagi jamoalardan, ayol futbolchilardan, turli mamlakatlardagi vatandoshlarimizdan, professional futbolchilardan, jamoalardan, mahalla, maktablardan, universitetlardan, kompaniyalar tomonidan yuklanmoqda.
“Daryo” nashri #qonimdagalaba heshtegi bilan tarmoqqa joylashtirilgan videolarni kuzatib bordi va tahririyat talqiniga ko‘ra, eng yaxshi deb topilgan beshta videoni tanlab oldi. Eslatib o‘tamiz, tanlab olingan videolar tahririyat nuqtayi nazaridan kelib chiqilgan bo‘lib, yakunda tanlab olinadigan g‘oliblarga aloqasi yo‘q.
Izoh (0)