• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xitoy avtomobilsozligi tarixiga bir nazar: bugungi Zeekr brendi yaralishi uchun sanoat qaysi yo‘llarni bosib o‘tdi?

    Xitoy so‘nggi 35 yil ichida bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan islohotlar hamda tashqi dunyoga ochiqlik siyosati sabab, misli ko‘rilmagan o‘sish va rivojlanishga erishdi. Ushbu davrda 10 foizdan kam bo‘lmagan o‘rtacha yillik o‘sishni qayd etgan Xitoy iqtisodi 2012-yil oxiriga kelib, yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi bo‘yicha AQShdan keyingi ikkinchi yirik iqtisodiyotchi davlatga aylandi.

    Bu iqtisodiy o‘sish raqamlari ijtimoiy hayotda yuz millionlab insonlarni qashshoqlik asoratidan qutqarish misolida o‘z aksini topdi. Bugungi Xitoy butun jahonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan emas, yuqori texnologiyalari bilan tanilib ulgurgan. Gapning sirasini aytganda, mamlakatdagi tez va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish, global savdo ulushi kengayishi va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning rekord darajasi sababli Xitoyni nafaqat iqtisodiy mo‘jiza, balki qudratli davlat deya taʼriflasak adashmaymiz.

     

    Bu davr mobaynida barcha sanoat sohalari singari avtomobilsozlik sanoati ham gurkirab yashnadi. Albatta, Xitoyda avtomobil yaratish, uni ishlab chiqarish yaqin yillarda paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Xitoy avtomobilsozlik sanoati, aytish mumkinki, deyarli yarim asrlik tarixga ega. Biroq u 1990-yillar boshlaridan buyon yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda. 2009-yil XXR dunyodagi eng yirik avtobozorga aylangan bo‘lsa, ayni vaqtda dunyoning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi davlati sanaladi. Uning o‘zi bir yilda AQSh va Yaponiya birgalikda ishlab chiqaradigan mashinalar sonidan ko‘p avtomobil yetkazib beradi. 

    2013- va 2014-yillarda Xitoy dunyo avtosanoati tarixida ilk marotaba bir yilda 20 mln donadan ortiq mashina ishlab chiqdi. Mamlakat bugungi kunda butun boshli avtomobil tizimini yo‘lga qo‘ygan davlatdir. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tadigan bo‘lsak, 2006-yil noyabr oyidayoq Xitoyda 6322 ta avtomobil korxonasi bor edi. Xalq respublikasi 2006-yilda avtomobil ishlab chiqish borasida Yaponiyani quvib o‘tdi va Qo‘shma Shtatlardan keyingi ikkinchi davlat bo‘ldi. Uning dunyo avtosanoatida AQShni quvib o‘tib, eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanishi uchun 3 yilgina vaqt kifoya qildi. Shundan beri u hozircha maqomini qo‘ldan boy bergani yo‘q.

    Ta’kidlash o‘rinliki, 2009-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda ishlab chiqarilgan avtomobillarning deyarli yarmi, 44,3 foizi (BYD, Lifan, Changan, Geely, Cherry, Hafei, Jianghuai, Great Wall, Roewe, FAW va b.) mahalliy brendlar edi. Bugungi kunga kelib, bu raqam yanada oshgani o‘z-o‘zidan ma’lum albatta. Shu bilan birga, Volkswagen, Mitsubishi, General Motors, Hyundai, Nissan, Honda, Toyota kabi dunyoga mashhur xorijiy kompaniyalar bilan tashkil etilgan qo‘shma korxonalar ham faoliyat yuritib keladi. Qayd etish kerak, mamlakatda ishlab chiqilgan avtomobillarning aksariyati ichki bozorda sotiladi. Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2009-yilda ishlab chiqilgan 13,76 mln dona avtomobildan 369,6 mingtasi eksport qilingan.

    Xitoyda ro‘yxatdan o‘tgan transport vositalari soni 2009-yilda 62 mln.dan ortgan edi. 2020-yilga kelib bu raqam 200 mln.dan ortib ketdi. 2011-yili Xitoy milliy avtomobillar parki 100 millionlik raqamni ortda qoldirdi va AQShdan keyingi o‘rinni egalladi.

    Den Syaopin tomonidan 1978-yilda boshlangan islohotlar jarayonida avtomobil sanoatini rivojlantirish istiqbolli yo‘nalish sifatida belgilangan edi. 1990-yillarda shaharliklar va qishloqliklar daromadlarining tez sur’atlar bilan ortishi yengil va yengil tijorat avtomashinalariga bo‘lgan talabni kuchaytirdi. Ichki ishlab chiqarish juda cheklangan bo‘lgani bois, avtomobillarni import qilish hajmi keskin oshdi. Bu holat avtomobillar uchun import boji 260 foiz oshirilganiga qaramay ro‘y berdi.

    1985-yili Xitoy bir yilda 350 mingdan ortiq (106 ming yengil va 111 ming yuk mashinasi) turli avtomobillar importi uchun 3 mlrd dollar sarfladi. Import xarajatlari savdo balansida jiddiy defitsitni paydo qilgani uchun Xitoy hukumati bu jarayonni targ‘ibot-tashviqot ishlari, valyuta ayirboshlashni cheklash, bojlarni oshirish, aksiz soliqlarini joriy qilish, 1985-yilda esa, 2 yillik avtomobil importiga moratoriy joriy qilish bilan keskin choralar ko‘rdi.

    Xullas, bugungi kunga yetib kelgunga qadar Xitoy poraxo‘rlik, monopolistik tuzumning ildizini chiritib, savdoda halol, ishlab chiqarishda salkam mukammal bo‘lgan tizimli harakatni maqsaddan og‘ishmagan holda amalga oshirdi. Geely ham shu davr chig‘irig‘idan muvaffaqiyatli o‘tgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Ana endi Geely xususida batafsil to‘xtalib o‘tsak bo‘ladi.

    Geely

    Geely — bu 1986-yilda tashkil etilgan Geely Holding Group tarkibiga kiruvchi Geely Auto kompaniyasining jadal rivojlanayotgan avtomobil brendi hisoblanadi. Birinchi Geely avtomobili 1998-yilda ishlab chiqarilgan. O'shandan beri kompaniya ilmiy va texnologik sohadagi yetakchilardan biriga aylangan.


    Geely G'arb kompaniyalarini sotib olish va texnologiya va innovatsiyalar sohasida xorijiy korxonalar bilan hamkorlik qilish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirish, assortimentni kengaytirish va mahsulot sifatini yaxshilashda davom etmoqda. Bunday hamkorlikning eng yorqin namunalari Daimler AG bilan birgalikda Smart brendi ostida premium elektr transport vositalari va duragaylarni ishlab chiqish, 2010-yildan beri Geely sho‘ba korxonasi bo‘lgan Volvo Car Group bilan ichki yonish dvigatellarini ishlab chiqishdir. Bundan tashqari, Geely kompaniyasining muhim xaridlaridan Malayziyaning Proton, Britaniya Lotus va Amerikaning Terrafugia kompaniyalarini ta’kidlash kerak.

    Geely xorijdagi Xitoy hududida 15 ta avtomobil zavodi va 8 ta transmissiya, dvigatel zavodiga, shuningdek, Xitoy, Shvetsiya, Angliya va Germaniyadagi ilmiy-tadqiqot markazlariga, Shanxay, Gyoteborg, Barselona, Kaliforniya va Koventridagi dizayn byurolariga egalik qiladi.

    Geely falsafasi innovatsiyalar, sifat va barqarorlik tamoyillariga asoslanadi. Kompaniya o‘z mijozlarining ehtiyojlari va umidlarini qondiradigan ilg‘or va rivojlangan avtomobillarni yaratishga intiladi. Geely falsafasining asosiy jihatlaridan biri bu Strengthening the Core (asoslarni mustahkamlash). Bu shuni anglatadiki, kompaniya texnologiya, dizayn, ishlab chiqarish va sifat kabi asosiy vakolatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga alohida e’tibor beradi. Geely avtomobil sanoati uchun innovatsion va ilg‘or yechimlarni taklif qilish yo‘lida tadqiqot va ishlanmalarga sarmoya kiritib, vaqtdan oldinda bo‘lishga intiladi.

    Geely dizayn falsafasining e’tiborga molik jihatlaridan yana biri tajribalardagi jasoratdir. Kompaniya oldinga borishdan va an’anaviy qarashlardan farq qiladigan noyob avtomobil nazariyalarini yaratishdan qo‘rqmaydi. Shakl va funksiya o‘rtasidagi uyg‘unlikni alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Geely Automobile estetik jihatdan jozibali avtomobillarni yaratishda amaliylik va foydalanishdagi qulaylikga ustuvor ahamiyat beradi. Kompaniya avtomobil egalari uchun maksimal qulaylikni ta’minlash yo‘lida tashqi ko‘rinish va ergonomikani muvozanatlashni maqsad qilgan.

    Zeekr

    Umuman olganda, bugungi kunda avtomobil yasash qiyin emas, lekin ko‘pchilikka yoqadigan avtomobil yaratish o‘ta murakkab ish! Аvtomobil, bu – chin maʼnoda harakatlanuvchi sanʼat asari, u jozibali qiyofa yaratishi va shu orqali ommaning eʼtiborini oʼziga jalb eta bilishi lozim. Zeekr dizaynining oʼzgalardan ustuvorligi va oliy maqsadi ham ana shunda!

    Zeekr Geelyning, badiiy til bilan aytganda, eng sevimli kenja farzandi, subbrendi hisoblanadi. Bu kelajak elektromobili chinakam Xitoy an’analari hamda zamonaviy texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan. Biz aynan shu sanoat yutug‘iga o‘z ko‘zimiz bilan guvoh bo‘lish uchun bir necha jurnalistlar va avtoblogerlar bilan birgalikda Xitoyga safar qildik.

    Ningbo

    Xitoyning Ningbo shahri Xanchjou ko‘rfazida joylashgan Zeekr zavodi taxminan 321 gektar maydonni egallaydi. Uning qurilishi 2018-yil oxirida, ishlab chiqarish va foydalanish esa rasman 2021-yilning uchinchi choragida boshlangan.

    Bu aqlli, shaffof, moslashuvchan va ekologik toza zavod bo‘lib, Zeekr mahsulotlari sifati uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi. Zeekr Intelligent Factory ilg‘or ishlab chiqarish jarayonlarini, 5G, sun’iy intellekt (SI) va industrial katta ma’lumotlar kabi texnologiyalarni to‘liq integratsiya qiladi.

    Kompaniya mahsulotni yanada barqaror tadqiq qilish va rivojlantirish uchun raqamli tizimlardan foydalanadi, aqlli ishlab chiqarish jarayonlari bilan mahsulot sifatini ta’minlaydi va sanoat internet tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan “shaffof, tezkor va aqlli” ishlab chiqarish tizimiga erishadi.

    Oshkoralik, ya’ni ochiqlik, chaqqonlik va aqllilik — bu uch hislatni zavodning norasmiy shiori desak bo‘ladi. “Oshkoralik” ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonlarining shaffofligi; “chaqqonlik” bir nechta integratsiyalashgan tizimlar va ta’minot zanjirining samarali hamkorligi; “aqllilik” zavodni raqamlashtirish, intellektuallashtirish va moslashtirilgan ishlab chiqish bilan namoyon bo’ladi.

    Zeekr Intelligent Factory dunyodagi birinchi yirik Giga-casting L4 aqlli ishlab chiqarish liniyasini yaratish orqali jahon darajasidagi zavod qurishni maqsad qilgan. Quyma quyish, shtamplash, payvandlash, yakuniy yig'ilishgacha bo‘yash, industrial katta ma’lumotlari faoliyati uchun 5G internet monitoringini birlashtirib, zavod butunlay ishlab chiqarish jarayonini kuzatishi mumkin.

    Shtamplash sexi turli ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun bir nechta qismlar va to‘liq yopiq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalari uchun bitta qolipli shtamplash jarayonini qo‘llaydi va ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

    Payvandlash sexi 100 foiz payvandlash avtomatizatsiyasiga ega 823 ta moslashuvchan robotlar bilan jihozlangan bo‘lib, inson boshqaruvisiz ishlaydi. Bo‘yash sexi yetakchi ekologik toza va yuqori sifatli bo‘yash jarayonlari bilan jihozlangan bo'lib, so‘nggi avlod sifat nazorati texnologiyalari bilan ta’minlangan.

    Yig‘ish sexi asosiy ish stansiyalarida to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida uchta platforma va oltita avtomobil modelini, jumladan sedanlar, yo‘l tanlamaslar, minivenlar va boshqa transport vositalarini to‘liq moslashuvchan ishlab chiqarish imkonini beradi.

    Ayni paytda fabrikada bir vaqtning o‘zida 4 ta markadan 6 ta model ishlab chiqarilmoqda. Barcha ishlab chiqarish jarayonlari intellektual elektromobilga xos standartlarga mos keladi.

    Zeekr 001

    Media test-drayvda Zeekr’ning X va 001 modellarini sinab ko‘rgach esa bu elektromobil, shubhasiz, Sharq panamerasi ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldik. Ayniqsa, Zeekr 001 FR’ning aerodinamik dizayni, quvvati hamda g‘alaba hissini beruvchi aqlli tizimlar bilan boyigan saloni xususida to‘xtovsiz matn yozish mumkin.

     

    Zeekr 001ning aerodinamik dizayni, shubhasiz, Xitoy nafisligi hamda shiddatini o‘zida mujassamlashtirgan. Har bitta element havo oqimining qarshiligi va shamol shovqini darajasini pasaytirish uchun optimallashtirilgan. Dunyo superkarlari bilan bemalol raqobatlasha oladigan ajoyib elektrodvigateli 3.8 soniyada 100 km/soatgacha tezlikka erishish imkoniyatini ta’minlaydi.

    4 porshenli supportlar va haraktlanish mobaynida o‘z-o‘zini sovutish xususiyatiga ega tormoz disklari bilan jihozlangan ZEEKR 001’ning tormoz tizimi avtomobilning 34,5 metrda 100 km/soat dan to‘liq to‘xtash imkoniyatini ta’minlaydi.

    Muvozanatlashtirilgan nisbatlar yuqori darajali boshqaruvchanlik va haydash jarayonidan betakror huzurlanishni, g‘ildirak disklarining bejirim va zamonaviy dizayni esa Zeekr 001 ning shiddatkor xarakterini to‘ldirib beradi. Elektromobillar uchun maxsus ishlab chiqilgan shinalar boshqaruv hamda keskin burilishlarda muvozanatni ta’minlaydi.

    Umumiy quvvati 1248 ot kuchi (931 kVt; 1265 ot kuchi) bo‘lgan to‘rt yadroli elektr motorlar, shuningdek, gusenitsalik tormozlari va podveskalarga ega Zeekr 001 FR xususiyatlari xususida soatlab gapirish mumkin. Avtomobil detallari uglerod tolasidan ishlangan va “tank kabi aylanish” rejimi bilan jihozlangan. Giperkar 800 V platformasida ishlab chiqarilgan bo'lib, 100 kVt/soat quvvatga ega CATL Qilin batareyasi bilan jihozlangan.

    Zeekr kompaniyasi Xitoyning yirik akkumlyator batareyalari ishlab chiqaruvchisi CATL bilan besh yillik strategik hamkorlik shartnomasini imzolagan. Unga ko‘ra CATL tomonidan ishlab chiqariluvchi „Qilin“ akkumulyatorlarini dunyoda birinchi bo‘lib Zeekr kompaniyasiga yetkazib beriladi. Ular uchinchi avlod CTP (cell-to-pack) sxemasidan foydalanadi.

    Akkumlyator blokining samarali to‘ldirilishi 72 foizni tashkil etadi. CATL akkumulyatorlari Teslaning 4680 ta blokdan yig‘ilgan akkumulyatorlarining o‘xshash o‘lchamlari va kimyoviy tarkibidan bir oz kuchliroqdir. Shuningdek ular katta sovutish yuzasiga ega bo‘lgan issiqlik boshqaruv tizimi bilan jihozlangan, 10 daqiqa ichida 10 dan 80 foizgacha zaryad oladi.

    Euro NCAP

    Yaqonda Zeekr 001 va Zeekr X modellari Euro NCAP reytingida ekologik xavfsizlik bo‘yicha eng yuqori ball oldi.

    Zeekr X zamonaviy shahar krossoveri faol va passiv xavfsizlikning yuqori darajasi bo‘yicha sinovlardan o‘tib, krash-testlarda maksimal ball to‘pladi. Uning kattalar uchun xavfsizlik darajasi 91 foiz, bolalar uchun – 90 foiz, piyodalar uchun – 84 foiz va elektron xavfsizlik tizimlari – 83 foiz deb baholandi.

    Euro NCAP tomonidan Zeekr 001 ham baholandi va besh yulduz oldi. Ba’zi toifalarda bu model X bilan taxminan bir xil reytingni oldi: haydovchi va kattalar yo‘lovchilarining xavfsizligi 89%, bolalar yo‘lovchilari – 88%, piyodalar – 84%, elektron yordamchilarning ishi 83% deb baholandi.

    Eslatib o‘tamiz, ushbu reyting avtomobilning havo tozaligi, energiya samaradorligi va issiqxona gazlari emissiyasi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini umumlashtiradi. Zeekr X umumiy ball 96 foizni, Zeekr 001 esa 95 foizni tashkil qildi.

    15.07.2024, 20:20   Izoh (0)   5858
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘istonda “Qaratau” nomi ostida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

    15.07.2024, 20:20

    Qashqadaryoda ishlab chiqarish sexi 1 mlrd so‘mdan ziyod gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

    15.07.2024, 20:10

    “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatining farzandlari Angliyada o‘tkazilgan shaxmat musobaqasida sovrindor bo‘ldi

    15.07.2024, 19:53

    O‘zbekistonning olis hududlaridagi tadbirkorlarga ko‘rsatilgan yordamlar miqdori ma’lum qilindi 

    15.07.2024, 19:41

    Toshkentda zarang daraxtiga shikast yetkazgan ekskavator haydovchisi 28 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi 

    15.07.2024, 19:25

    Instagramʼdagi jonli efirda “qishloqilar odammas” deya haqoratlagan qizga sud jazo tayinladi 

    15.07.2024, 18:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.