Namangan viloyati Norin tumanida o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangan MCHJ tizimga 2,3 milliard so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi.
Xabar berilishicha, holat “O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. Norin tumanidagi “B.M.F.” MCHJ norasmiy rahbari SH.U. jamiyatga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 2 milliard 365 million so‘mlik (2 million 128 ming kVt/soat) elektr energiyasini o‘g‘irlagan.
Mazkur holat yuzasidan “B.M.F.” MCHJ norasmiy rahbari SH.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Izoh (0)