Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Rossiyaga tashrifi Amerika yetakchilarini g‘azablantirishi mumkin. Bu haqda Business Insider nashri xabar berdi.
“8-iyul kuni Hindiston bosh vaziri Narendra Modi saylovdagi g‘alabasidan keyin Rossiyaga ilk tashrifini amalga oshirdi. Bu AQSHning g‘azabini keltirishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Nashr Modining Moskvaga safari juda kuchli ikki tomonlama aloqalarni nazarda tutishini ta’kidlagan. Bundan tashqari, bu butun dunyoga Nyu Dehli o‘z kun tartibini himoya qilishdan qo‘rqmasligini ko‘rsatishi aytilgan.
“Xuddi Putinning Vyetnamga tashrifi kabi, Hindistonning Rossiya bilan o‘zaro hamkorligi Qo‘shma Shtatlar uchun yaxshi natija bermaydi, chunki bu Vashington Putinni yakkalab qo‘yishga urinayotgan bir paytda sodir bo‘lmoqda”, deya xulosa qilgan nashr.
Modi Rossiya poytaxtiga 8-iyul kuni tashrif buyurgan, siyosatchining tashrifi 9-iyulgacha davom etishi kutilmoqda. Jo‘nab ketishidan oldin bosh vazir Vladimir Putin bilan uchrashishni intiqlik bilan kutayotganini aytib, uni do‘st deb atagan. Modining ta’kidlashicha, Hindiston va Rossiya o‘rtasidagi maxsus va imtiyozli strategik sheriklik so‘nggi o‘n yil ichida rivojlangan.
Izoh (0)