Bangladeshda 2 millionga yaqin aholi vakillari mamlakat shimoli-sharqida sodir bo‘lgan toshqindan jabr ko‘rdi. Bu haqda mamlakat tabiiy ofatlarga qarshi kurash bo‘yicha davlat vaziri Mohibbur Rahmon ma’lum qildi.
“Bu yil 15 okrugda 2 millionga yaqin aholi kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlaridan jabr ko‘rdi”, deydi Mohibbur Rahmon.
![](/static/2024/07/06/suv-LKkoqJuL.jpg)
Vazir, shuningdek, suv toshqinida halok bo‘lganlar yo‘qligini ta’kidladi. Zarar ko‘rgan 36 mingdan ortiq fuqaroga boshpana ajratilganini ham ma’lum qildi.
“Hukumat jabrlanganlarga jami 58,5 ming tonna oziq-ovqat va moliyaviy yordam berdi”, dedi u.
Bangladeshda avgust yoki sentyabr oylarida yana suv toshqini bo‘lishi ehtimoli tufayli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)