Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yirik turnirlarda 50 ta o‘yin o‘tkazgan ilk yevropalik futbolchiga aylandi.

Germaniyada o‘tkazilayotgan Yevropa chempionati 3-turida Gruziya bilan o‘yin portugaliyalik futbolchi uchun yubiley o‘yinga aylandi.
Asosiy tarkibda maydonga tushgan Ronaldu bu uchrashuvda birorta ham gol urmadi va 65-daqiqada almashtirildi. Bu uning Yevropa chempionatidagi 28-uchrashuvidir. U jahon chempionatida 22 ta o‘yin o‘tkazgan.
Yevro—2024 musobaqasida Gruziya va Portugaliya terma jamoalari F guruhida Chexiya va Turkiya bilan kuch sinashdi. So‘nggi turda Portugaliya ustidan g‘alaba qozongan Gruziya 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab, nimchorak finalga yo‘l oldi. Portugaliya termasi 6 ochko bilan guruh peshqadamligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Chexiya hamda Gruziya ustidan g‘alaba qozongan turklar ikkinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)