Daryo

Ronaldu 25 million yevro evaziga Dubaydan yer sotib oldi

Portugaliyalik hujumchi Jorjina Rodriges bilan birgalikda oilasi uchun uy qurish niyatida

1 daqiqa o‘qish90 680 ko‘rishlar0 izoh0

Krishtianu Ronaldu Dubaydagi oroldan 25 million yevroga yer sotib oldi.

Foto: Marca

Portugaliyalik hujumchi Jorjina Rodriges bilan birgalikda Dubaydagi Jumeirah Bay’ning bir qismiga egalik qiladi. Bu dengiz oti shaklidagi sun’iy orol bo‘lib, Dubay bilan 300 metrlik ko‘prik orqali bog‘langan.

Er-xotin o‘zlari va besh farzandi uchun o‘sha yerdan uy qurish niyatida. Qurilish ishlari yil yakuniga qadar tugashi rejalashtirilgan.

Foto: X (Twitter)

Hozirda “An-Nassr”ning 39 yoshli hujumchisi Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida Yevro—2024 da to‘p surmoqda.

Amerikaning sport va biznesga oid nufuzli nashri Sportico nashri 2023-yil natijalariga ko‘ra dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchilar reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatni 275 million dollar ishlab topgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu boshqarib turibdi.

Ronaldu 2023-yil yanvaridan beri o‘ynab kelayotgan “An-Nassr”dagi maoshi va mukofot pullari evaziga hisobini 215 million dollarga to‘ldirdi. Yana 60 million dollar homiylar bilan shaxsiy shartnomalardan tushgan. 

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar