Finlyandiya Ukrainadagi uchta loyiha uchun 9 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratadi.
Mablag‘lar kasbiy ta’lim va o‘qitishlar, havo sifati monitoringi va infratuzilmani tiklashga sarflanadi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
2024-yildan 2026-yilgacha bo‘lgan davrda kasb-hunarga o‘qitish va ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun 2,2 million yevro ajratiladi.
Havo sifati monitoringini yaxshilash uchun 2024—2028-yillarga 2 million yevro berilgan.
2024—2025-yillarda Finlyandiya Yevropa investitsiya bankining Ukraina bo‘yicha jamg‘armasiga 5 million yevro mablag‘ ajratish orqali Ukraina infratuzilmasining tiklanishini qo‘llab-quvvatlashi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)