“Chexiya tashabbusi” doirasida sotib olingan snaryadlarning birinchi partiyasi Ukrainaga yetib keldi. Shu bilan birga, Praga Kiyev yukni aniq qachon qabul qilganini oshkor etmadi.
“Bizning tashabbusimiz bilan o‘q-dorilarning birinchi partiyasi bir muncha vaqt oldin Ukrainaga yetib keldi”, deb yozdi Chexiya bosh vaziri Petr Fiala X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
Ukrainada o‘q-dorilarning jiddiy taqchilligi yuzaga kelganda, Chexiya tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va Ukraina Qurolli kuchlari uchun zarur bo‘lgan snaryadlarni qayerdan sotib olishni topdi. Buning uchun Praga moliyaviy jihatdan yordam bera oladigan davlatlar koalitsiyasini tuzdi. Tashabbusga jami 20 ga yaqin davlat qo‘shildi.
4-aprel kuni Chexiya bosh vaziri Petr Fiala Praga Ukraina uchun yuz minglab artilleriya o‘q-dorilarini sotib olish uchun o‘n millionlab yevro ajratishini ma’lum qildi.
AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, 2024-yil oxirigacha Ukraina Chexiya tashabbusi tufayli bir milliongacha snaryad olishi mumkin.
24-iyun kuni Chexiya mudofaa vaziri Yana Chernoxova Ukraina mudofaa kuchlari o‘q-dorilarning birinchi partiyasini iyun oxirigacha olishini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)