Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda ingliz tilining maqomi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda “RBK-Ukraina” Rada saytiga tayanib xabar berdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bir yil oldin Radaga ingliz tilining maqomi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun kiritgan edi. Parlament davlat rahbari tashabbusini faqat joriy yilning 4-iyunida ikkinchi o‘qishda qabul qildi.
Hujjat ingliz tilini Ukrainada xalqaro muloqot tillaridan biriga aylantirishni ko‘zda tutadi.
Shuningdek, qonunga ko‘ra, endi Ukrainada amaldorlar, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiylar, o‘rta va katta politsiya xodimlari va boshqalar ingliz tilini bilishlari kerak bo‘ladi.
Izoh (0)