• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning JSTga kirishi bo‘yicha muzokaralar jiddiy bosqichga chiqdi — Jenevadan maxsus intervyu

    Jahon savdo tashkiloti (JST)ning Jenevadagi bosh shtab-kvartirasida 16-noyabr kuni O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bevosita ishtirok etgan “Daryo” muxbiri O‘zbekiston prezidentining JST bo‘yicha maxsus vakili Aziz Urunovdan muzokara jarayonlari va istiqboldagi rejalar xususida intervyu oldi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun arizani 1994-yilda bergan. Ammo 2005-yildan keyin a’zolik jarayoni to‘xtab qolgan. Oradan 15 yil o‘tib, 2020-yilda ishchi guruh o‘z faoliyatini qayta tiklagan.

    JSTga aʼzolik bo‘yicha ishlar faol olib borilmoqda

    — O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu yil hisobi bo‘ycha ikkinchisi, birinchisi esa mart oyida bo‘lib o‘tgandi.

    Yig‘ilish konstruktiv o‘tdi. Aʼzo davlatlar tarafidan, ayniqsa, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Shveysariya tomonidan savollar va masalalar ko‘tardi. Bu, albatta, bizni JSTga qo‘shilishdagi ishlarimizni tezlashtirishga yordam beradi. Chunki nima ishlar qilishimiz bo‘yicha yaxshi signaldir.

    Aziz Urunov
     
    Foto: “Daryo” 

    Bizga berilgan savollarga muzokaralar guruhi aʼzolari, idoralararo komissiya aʼzolari aniq yechimlar bilan javob berishga harakat qilishdi. Chunki O‘zbekistonda bugungi kunda JSTga aʼzolik bo‘yicha ishlar faol olib borilmoqda. Qonunchilikni tashkilot bitimlariga uyg‘unlashtirish bo‘yicha katta jamoa ishlamoqda. Davlatimiz rahbari tashkilotga aʼzolik bo‘yicha alohida e’tibor qaratmoqda, talablar qo‘ymoqda. Bu jarayonda prezident administratsiyasi va hukumat rahbarlari bu jarayonda faol ishtirok etmoqda.

    Ko‘p tomonlama yo‘nalishda ham bir qadam oldinga yuramiz

    O‘tgan hafta davomida 4 ta davlat bilan bozorga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladik, 3 ta davlat bilan bayonnomalarni imzoladik. Uzoq davom etgan muzokaralardan keyin Yaponiya bilan tovarlar bozoriga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladik.

    Umuman olib qaraganda, 7-ishchi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ishchi guruh hisobotining elementlarini shakllantirish bosqichiga o‘tish jarayonidamiz. Bunda bir-ikkita davlatlar ko‘targan masalalarga tezkor yechim topib, ko‘p tomonlama yo‘nalishda ham bir qadam oldinga yuramiz. Yil oxiriga qadar oldimizda turgan vazifalar bor: qolgan davlatlar bilan faol muzokara olib borib, kamida 5-6 ta mamlakat bilan muzokaralarni yakunlashimiz kerak.

     
    Foto: “Daryo” 

    Biz 30 ta mamlakat bilan ikki tomonlama faol muzokaralarni olib borayotgan bo‘lsak, shundan 8 ta mamlakat bilan bozorga kirish bo‘yicha hamma shartlarni kelishib oldik.

    Davlatlarning o‘ziga xos strategiyasi

    Joriy yilning yakunigacha asosiy muzokaralarni yakunlashni maqsad qilib qo‘ygan edik. Lekin, birinchidan, muzokaralar juda ham murakkab jarayon. Ikkinchidan, bir xil muzokaralarda ancha oldinga ildamlagan bo‘lsak ham, baʼzi davlatlar bor, ular jarayonlarning qanday ketishiga qarab muzokaralarni yakunlashdan tiyilib turadi.

    Bugungi kunda muzokaralarni yakunlab bo‘lgan 4-5 ta mamlakat bor, lekin ular yakuniy xulosalarni eʼlon qilishga shoshmayapti. Bu ham tashkilotga aʼzo davlatlarning o‘ziga xos strategiyasi hisoblanadi.

     
    Foto: “Daryo” 

    Qoida bo‘yicha to‘rt hafta ichida mamlakatlar rasmiy ravishda savollarini berishi kerak. Lekin biz savollarni olishga harakat qilyapmiz. Boisi tezroq o‘sha savollarga javob topishimiz lozim.

    Ular oxirgi daqiqalargacha muzokaralarni olib boradi

    JSTga aʼzo bo‘lish o‘rtacha 10 yildan ortiq vaqtni oladi. Misol uchun, qo‘shni Qozog‘iston tashkilotga 19 yil ichida kirgan. Shunaqa gap bor: “JSTga qancha kech kirsang, kirish jarayonlari shuncha qiyin bo‘ladi”. O‘zbekistonning tashkilotga kirish jarayonidagi 15 yillik to‘xtalishni inobatga olmasak, 10 yilga yetmasdan aʼzo bo‘lamiz. Bu uchun yetarli ishlar qilinmoqda.

    Baʼzilar “JSTga kirsang, hech narsani himoya qilmaysan, hamma narsani ochib berasan”, degan fikrda yuradi. Aslida unday emas, agar shunday bo‘lganida aʼzo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni olib bormay, hamma shartlarga rozi bo‘lgan bo‘lardik. Muzokaralarning murakkabligi iqtisodiy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda, mavjud korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z strategiyamizni belgilaymiz.

     
    Foto: “Daryo” 

    Tashkilotga aʼzo mamlakatlarni qiziqtiradigan savollar tashqi savdoni tartibga solish bilan bog‘liq qonun-qoidalar bo‘yicha savollarni berishadi. Import va eksportni litsenziyalash tartibga solish yoki ruxsat berish jarayonlari, import mahsulotlari bilan respublika ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bozordagi raqobatga teng sharoit yaratib berish bo‘yicha sanitariya, fitosanitariya va veterinariya talablarini JST qoidalariga mosligi, intellektual mulk bo‘yicha, shuningdek, tashkilotning Trips bitimiga qay darajada mosligi bo‘yicha savollarni qabul qilib oldik.

    Birinchi marotaba AQSH rasmiylari ham O‘zbekistondagi tashkilotga aʼzo bo‘lish jarayonini ancha ijobiy qadamlar qo‘yilganligini kirish so‘zida taʼkidlab o‘tdi. Ular bilan ikki tomonlama muzokaralarni olib bordik. Allaqachon har bitta masalani predmetli muhokamasiga o‘tib, muzokaralar jarayonini tezlashtirishga harakat qilyapmiz.

    Tashkilotga aʼzo bo‘lgan qaysi davlat bo‘lmasin, ular oxirgi daqiqalargacha muzokaralarni olib borib, o‘zlarining shartlarini qo‘yishga va o‘tkazishga harakat qilishadi. Bu faqat O‘zbekistonga nisbatan emas, balki barcha mamlakatlarga munosabat shunday bo‘ladi.

    Faqat bizga bog‘liq emas

    Bizning asosiy vazifamiz JSTga kirishni tez yakunlash. Lekin ko‘p davlatlar odatda biz tashkilotga shu muddatda kiramiz desak, ular norozi bo‘lib, “JSTga kirish faqat sizlarga bog‘liq emas, biz bilan muzokaralarni qanday olib borishinglarga bog‘liq”, deb aytishadi.

    Shuningdek, JSTning ham o‘ziga xos byurokratik jarayonlari bor. Biz yiliga 2 marta ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazishni reja qilganmiz. Misol uchun, har bitta ishchi guruh yig‘ilishini o‘tkazish ham oson masala emas, o‘ziga yarasha muddatlari bor. Savollar qo‘yiladi, ularga javob tayyorlash kerak. Tayyorgarlik ko‘rish muddatlari bor. Bundan tashqari, JSTga aʼzo bo‘lgan katta mamlakatlar javoblarni ko‘rib chiqish muddatlarni ko‘proq talab qiladi. Bir xil mamlakatlar bor, siz bilan savdo-sotiqda o‘zining manfaatlaridan kelib chiqqan holda muzokara jarayonlarini tezroq yakunlashi mumkin.

    18.11.2023, 22:01   Izoh (0)   13571
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishga yaqinlashmoqda: imkoniyatlar va muammolar haqida mutaxassis bilan suhbat

    30.08.2023, 15:59

    JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida vazirlik va idoralar mas’ullari uchun qishloq xo‘jaligi bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda

    08.09.2023, 17:18

    JST bosh direktori O‘zbekiston yaqin kelajakda tashkilotga qo‘shilishiga ishonch bildirdi

    20.09.2023, 09:28

    “Jahon savdo tashkilotiga aʼzolikning iqtisodiy jihatlarini muhokama qilish doim qiyin kechgan” — professor Piter Van Den Bosh O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish y...

    28.09.2023, 22:25

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi avtomobillar narxlari pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin

    29.10.2023, 21:22

    Emmanuel Makron O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytdi

    02.11.2023, 12:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyalik olimlar yonilg‘i o‘rnini bosuvchi modda yaratib, “toza” raketa qurishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 4 avgust, 21:12

    Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 20:53

    AQSHda it egasining yuragidagi muammolarni sezib, uning hayotini saqlab qoldi

    Dunyo | 4 avgust, 20:44

    Yarim yilda shilqimlik va zo‘ravonlik sodir etgan 6 mingdan ortiq fuqaro jazolandi — Oliy sud

    O‘zbekiston | 4 avgust, 20:26

    Microsoft Hindistondagi neft kompaniyasini Rossiya bilan aloqalari tufayli xizmatlardan uzib qo‘ydi

    Dunyo | 4 avgust, 20:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.