Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli tumanining ayrim hududlariga 24-iyun kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
Aholi isteʼmolchilari soni:
- “No‘g‘ayqo‘rg‘on” MFY Mohidil, Mohichehra, Gulzor va Erkinlik ko‘chalaridagi 426 ta yerli xonadon;
- “Qubaytepa” MFY Parizod va Qubaytepa ko‘chalaridagi 392 ta yerli xonadon;
- “So‘g‘diyona” MFY So‘g‘diyona-2 ko‘chasidagi 110 ta yerli xonadon.
Ulgurji isteʼmolchilar soni — 14 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Eslatib o‘tamiz, 11-iyun kuni Yunusobod, Mirobod va Olmazor tumanlarining qator hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilgan edi. 10-iyun kuni ham Toshkentda qator hududlarda elektr va gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Izoh (0)