Daryo

Farg‘onada 301 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan xususiy korxona aniqlandi

Korxona mas’ullari noturar obyektga o‘rnatilgan elektr hisoblagichni almashtirib qo‘ygan

1 daqiqa o‘qish3 948 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Rishton tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “CH.P.” xususiy korxonasi masʼul shaxslari Roshidoniy ko‘chasidagi noturar obyektiga o‘rnatilgan elektr hisoblagichni almashtirib, jami 301,6 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “A.B.” va “M.Z.” fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari yer maydonlariga o‘rnatilgan suv nasoslarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, jami 156,1 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.Z.” fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari suv nasoslariga o‘rnatilgan elektr hisoblagichga tashqi tasir ko‘rsatib, jami 62 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Energetika vazirligi O‘zbekistonda 2024-yilning 1-yanvaridan 15-iyunigacha gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga jami 552 milliard 500 million so‘mlik zarar yetkazilganini ma’lum qilgandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar