Oliy darajadagi O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston muzokaralari yakunlangach, Ko‘ksaroy qarorgohida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsux xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik, ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochishga bo‘lgan o‘zaro intilish ramzi sifatida Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgani, qator ikki hujjatlar imzolangani haqida xabar berilgandi.
Davlat rahbarlari, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Izoh (0)