Avtomatlar bilan qurollangan xavfsizlik kuchlari Voronej qurilish maydonlarida muhojirlarga qarshi reyd uyushtirdi.
Rossiya gvardiyasi shaharning Kominternovskiy tumanidagi qurilish maydonlarida reydlar o‘tkazdi. Reyd davomida ular tomonidan 45 nafar O‘zbekiston fuqarosi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Voronej politsiyasi tarqatgan kadrlarda xavfsizlik kuchlari boshqa muhojirlar guruhini avtomatlar bilan olib ketayotganida ishchilar yerda o‘tirgani aks etgan. Shu bilan birga, jangchilardan biri mahbuslarni mavjud bo‘lmagan stullarga “o‘tirishga” taklif qilgan.
Reyd yakunida 12 nafar O‘zbekiston fuqarosi ichki ishlar bo‘limiga olib ketilib, ularga nisbatan Rossiya hududida noqonuniy mehnat qilganliklari uchun protokol tuzilgan. Muhojirlarning ish beruvchilari ham tekshirilmoqda.
Izoh (0)