• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yirik davlatlar qiziqayotgan loyiha: Transafg‘on koridorining geosiyosiy o‘lchovlari

    Ming yillar davomida Markaziy va Janubiy Osiyo siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Ilgari bu mintaqalarni Buyuk Ipak yo‘li bog‘lagan, bu yo‘llar orqali savdo-iqtisodiy aloqalar jadal suratlarda kechgan. Biroq, obyektiv tarixiy jarayonlar tufayli Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar biroz zaiflashdi.

    So‘nggi vaqtlarda Afg‘oniston orqali o‘tuvchi Transafg‘on temiryo‘l loyihasini amalga oshirish yana kun tartibiga chiqmoqda. “Daryo” ushbu mavzuda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov va siyosiy tahlilchi, “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi eksperti Nargiza Umarova bilan suhbatlashadi.

    — 12—13-mart kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Afg‘onistonga tashrif buyurdi va “Tolibon”ning bir qancha rahbarlari bilan uchrashdi. Muhokama qilingan masalalar orasida Transafg‘on loyihasi ham bo‘lgan. So‘nggi vaqtlar bu loyihani amalga oshirish borasida ko‘p xabarlar tarqalmoqda. Nega bugun Transafg‘on loyihasi kun tartibiga chiqmoqda? Uning ahamiyati va o‘rni Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston uchun qanday?

    Abdulla Abduqodirov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari:

    — Agar bu mavzuni kengroq muhokama qilmoqchi bo‘lsak, 2023-yilning 7-oktyabr sanasiga qaytishimizga to‘g‘ri keladi. Xabaringiz bor ushbu kunda Isroil va Falastin o‘rtasida qarama-qarshilik kelib chiqqan edi. Buning natijasida husiylar Qizil dengizga kirish yo‘llarini berkitib, u yerdan o‘tagan G‘arb kemalariga hujumlar uyushtirmoqda. Yaʼni global G‘arb bilan global Osiyoni bog‘lovchi dengiz yo‘li katta xavf ostida turibdi. Shuning uchun ham bu yo‘lga muqobil bo‘lgan yo‘lni izlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Muqobil yo‘llar haqida gapirganda, dunyodagi qutblar, yaʼni geosiyosiy o‘yinchilarga to‘xtalib o‘tishimiz lozim. Sharqda asosan 2 ta o‘yinchi mavjud. Biri – Xitoy, ikkinchisi – Hindiston. Bundan tashqari, G‘arb bilan Janubiy Osiyoni bog‘lab turgan Fors ko‘rfazi mamlakatlari uchun Rossiya, Xitoy va Hindiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bu qutblar o‘rtasida O‘zbekistonning ham iqtisodiy va siyosiy manfaatlari yotibdi.

    Abdulla Abduqodirov
    Foto: “Daryo”

    Nargiza Umarova, siyosiy tahlilchi, “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi eksperti:

    — Transafg‘on yo‘lagi O‘zbekiston uchun juda strategik ahamiyatga ega. Birinchidan, Afg‘oniston O‘zbekistonga qo‘shni mamlakat hisoblanadi. Ikkinchidan, Markaziy Osiyo davlatlari ichida aynan O‘zbekiston Afg‘onistonga chiqish nuqtayi nazardan ustunlikka ega. Chunki 2010-yilda O‘zbekiston Termiz—Hayraton—Mozori Sharif temiryo‘lini qurgan. 2011-yildan beri ushbu temiryo‘l faoliyat ko‘rsatib kelgan. Ayni shundan foydalangan holda O‘zbekiston o‘zi uchun dengizga chiquvchi alternativ yo‘lni izlamoqda. Bugungi kunda dunyoda geosiyosiy beqarorlik yuzaga kelayotgan bir pallada barcha mamlakatlar transport logistika nuqtayi nazardan mustaqillikka erishish va muqobil yo‘llarni izlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Shuning uchun O‘zbekiston Afg‘onistondan foydalangan holda boshqa bozorlarga chiqish masalasini ko‘rmoqda.

    Bu loyiha kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgan loyiha emas. 2019-yilda Pokiston hukumati va O‘zbekiston delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bunda transport logistika masalasiga alohida to‘xtalib, Afg‘oniston orqali Pokiston transport tizimiga ulanish masalasi ko‘rib chiqiladi. Chunki Pokiston Xitoyning ko‘magida o‘zining transport sohasini ancha modernizatsiya qilmoqda. Pokistonning Hind okeaniga chiquvchi 2 katta porti mavjud. Birinchisi – Karachi, ikkinchisi – Gvadar porti. Hozir O‘zbekiston Transafg‘on temiryo‘lini Peshovargacha olib borib, u yerdan Gvadar portiga chiqishga harakat qilmoqda.

    Transafg‘on temiryo‘li
    Foto: Sputnik

    Dastlab, O‘zbekiston Transafg‘on yo‘li orqali Eronga chiqishni reja qilgan edi. Hozir Eron o‘zining hududidan o‘tuvchi temiryo‘l qurilishini tugallab, Afg‘onistonga chiqish arafasida turibdi. “O‘zbekiston 2035” strategiyasida aynan Afg‘oniston orqali Eronga chiqish masalasi kun tartibiga qo‘yilgan. Eron bilan munosabatlarimizda ham bu yo‘l bot-bot tilga olinmoqda. Eron uchun ham bu manfaatli.

    Abdulla Abduqodirov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari:

    — 2023-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistondan o‘tgan tranzit yuklarining umumiy hajmi 11,3 million tonnani tashkil etgan. Xo‘sh, bu ko‘pmi yoki kami? Xitoy—Qozog‘iston—Kaspiy dengizi yo‘lida umumiy yuk tashish miqdori taxminan 80 million tonna. Afg‘oniston orqali dengizga chiqish – bu bizning xohishimiz. Buni amalga oshirish uchun bir qancha faktorlar o‘z yechimini topishi kerak. To‘g‘ri, O‘zbekistonning eng katta yutug‘i – Mozori Sharifgacha qurgan temiryo‘lida. Bu yo‘lni hali yana davom ettirish imkoniyatimiz ham bor. Ko‘p narsa muammolarni qanchalik tezlik bilan hal qilishimizga bog‘liq.

    Xitoy uchun Markaziy Osiyodan o‘tuvchi yo‘llar unchalik ahamiyatga ega emas. Chunki Xitoyni 2 ta asosiy yo‘li mavjud. Birinchisi, Rossiya orqali Yevropaga chiqish. Ikkinchisi, Qozog‘iston orqali Kaspiyga chiqish yo‘li. Yaʼni Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li katta ahamiyatga ega emas. Sababi, tashib o‘tiladigan yuklarning hajmiga ko‘p narsa bog‘liq.

    Xitoy—Pokiston—Eron temiryo‘li

    Shuningdek, Xitoy uchun Pokiston orqali Eronga bog‘lanish juda muhim. Sababi yaqinda ikki davlat o‘rtasida 25 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolangan. Shu boisdan Xitoy Pokiston orqali Eronga chiqadigan yo‘l qurmoqchi va bu borada texnik masalalarni hal qilmoqda. Yo‘lni qurish borasida investor ham o‘zi. Qirg‘iziston—O‘zbekiston—Afg‘oniston orqali Pokistonga chiqish – bu Xitoy uchun muqobil yo‘l. Asosiy emas!

    Hozir global G‘arb uchun eng asosiy maqsad – Xitoyning rivojlanishini cheklash. Shuning uchun ular savdo aloqalarni Hindiston bilan bog‘lashga harakat qiladi. G‘arb Eron portlari orqali yoki boshqa portlar orqali Hindistonga chiqishga urinmoqda. Bu yerda yana boshqa o‘yinchi mavjud, bu – Rossiya.

    — Joriy yilning 22-fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida bo‘lganida Rossiya rahbari Vladimir Putin Rossiya Afg‘oniston orqali tranzit yangi temiryo‘l qurishdan manfaatdor ekanini taʼkidlagan. Nega bugun Rossiya bu loyihaga katta qiziqish bildirmoqda?

    Nargiza Umarova
    Foto: “Daryo”

    Abdulla Abduqodirov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari:

    — Shvetsiya NATOga aʼzo bo‘lganidan keyin Boltiqbo‘yi orqali savdo qilish hajmi qisqardi. Shu boisdan Rossiya birinchi navbatda global janubga yuzlanishga harakat qilmoqda. Kaspiy dengizi orqali Eronga chiqib, Erondan Hindiston bilan savdo qilish Rossiya uchun juda muhim ahamiyatga ega. Hozirda Rossiya bu yo‘lga muqobil bo‘lgan ikkinchi loyihani ham ko‘rib chiqmoqda. Bunda Rossiya Armaniston va Gruziya orqali Eronga chiqmoqchi. Shuningdek, Rossiya oldida Qozog‘iston, O‘zbekiston va Afg‘oniston orqali Eron yoki Pokistonga chiqish yo‘li mavjud. Bu uchta yo‘nalishga Rossiyaning bir xil qiziqishi bor. Lekin bulardan qaysi birini amalga oshiradi, degan ehtimolni tahlil qilsak, nazarimda, Kaspiy orqali Eron portlariga chiqish ehtimoli katta.

    Rossiyaning Kaspiy dengizi orqali Eronga chiqish yo‘li

    Nargiza Umarova, siyosiy tahlilchi, “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi eksperti:

    — Abdulla aka juda to‘g‘ri aytib o‘tdi. Transafg‘on temiryo‘li O‘zbekiston uchun muhim. Lekin O‘zbekiston bor imkoniyatlardan foydalanishi kerak. Bo‘lmasa, bu borada boshqa davlatlardan orqada qolib ketadi. Chunki so‘nggi vaqtlarda Turkmaniston ham Eron yo‘nalishida, ham Pokiston yo‘nalishida transport yo‘laklarini kuchaytirib bormoqda. Bu O‘zbekiston uchun raqobatchi yo‘l hisoblanadi. Yaʼni O‘zbekistonning imkoniyatlari borgan sari torayib bormoqda.

    Xitoy Pokistonga juda katta investitsiya kiritgan. Xitoyning global loyihalari ichida eng qimmati ham aynan Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori hisoblanadi. Bu loyihaning qiymati 60 milliard dollar. Shuning uchun Xitoy Pokistonni yuk bilan taʼminlashga harakat qiladi. Nazarimda, Markaziy Osiyoga keladigan yuklar Xitoy uchun asosiy ahamiyat kasb etmasa-da, lekin muhim bo‘lib qoladi. Rossiyaning bu loyihaga ham qo‘shilishi bejizga emas. Aslida Rossiya 2018-yildan beri bu loyihaga qiziqish bildirib keladi. Bundan tashqari, Fors ko‘rfazi mamlakatlarida ham qiziqishi bor. Ayniqsa, O‘zbekiston Qatar bilan yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘ydi va Qatardan bir necha marotaba maxsus delegatsiyalar O‘zbekistonga keldi. Unda Tranafg‘on temiryo‘li loyihasining taqdimoti o‘tkazildi.

    — Mana shu loyiha mintaqa xavfsizligi va barqarorligini taʼminlashda qanday rol o‘ynaydi?

    Abdulla Abduqodirov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari:

    — Menimcha, bu yerda eng asosiy rolni har bir mamlakatning energiya resurslarini eksport va import qilish imkoniyatlari juda katta rol o‘ynaydi. Mana hozir Qatar to‘g‘risida gapirdik. Umuman, Fors ko‘rfazidagi barcha mamlakatlarning manfaati uglevodorod resurslarini Xitoyga, Hindistonga va G‘arbga sotish. Shuning uchun ham ular bu g‘oyalarga qiziqadi. Bu temiryo‘lni asosiy transport yo‘lagiga aylanishi ularga maʼqul keladi.

    Suhbat davomida
    Foto: “Daryo”

    Bundan tashqari, uglevodorod orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyani sotish juda ham katta ahamiyatga ega. Chunki 70-yillarda Yevropa komissiyasi tomonidan CASA-1000 loyihasi ishlab chiqilgan. Shu loyiha Transafg‘on temiryo‘li loyihasini yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Bu loyihada O‘rta Osiyo mamlakatlaridagi ortiqcha elektr energiyani Afg‘onistonga va Pokiston orqali Hindistonga eksport qilish ko‘zlangan edi. Hozir bu loyiha ustida ishlanmoqda. Agar shu loyihaga qiziqish bo‘lib, energiyani resurslarini Rossiya yoki Qozog‘istondan eksport qilish aniq bo‘lsa, CASA-1000 loyihasini amalga oshirish istiqboli kengayadi. Menimcha, shuning uchun ham Rossiya bugungi kunda O‘zbekistondagi gaz omborlarini sotib olishga qiziqib qoldi.

    Turkmaniston Xitoyga katta miqdorda gaz eksportini amalga oshirishi uchun yo‘l qolmayapti. Shuning uchun Turkmaniston gaz eksportini asosan G‘arbga qaratmoqda. Voqealar rivoji tez o‘zgarib bormoqda.

    Suhbatning to‘liq shaklini “Daryo”ning YouTubeʼdagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

    16.03.2024, 20:01   Izoh (0)   12397
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tolibon” Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi 

    29.02.2024, 17:10

    O‘zbekiston Afg‘onistonda sement zavodi qurish va elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun sarmoya kiritmoqchi

    12.03.2024, 21:55

    O‘zbekistonda afg‘on tovarlari uchun tranzit bojini kamaytirish masalasi muhokama qilindi

    14.03.2024, 17:40

    Alisher Usmonovning ukasi O‘zbekistonda McDonaldʼs fastfud tarmog‘ini ochmoqchi 

    16.03.2024, 19:26

    Toshkent viloyatida tumanlar eksportbop ekin yetishtirishga ixtisoslashtiriladi 

    16.03.2024, 19:15

    Qashqadaryoda qator tarixiy obyektlar butkul yo‘qolib ketish xavfi ostida ekani aytildi

    16.03.2024, 18:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.