Ukraina Milliy olimpiya qo‘mitasi XOQga maktub yo‘llab, kurash bo‘yicha musobaqalarda qatnashayotgan uch nafar rossiyalik sportchini Parij Olimpiadasidan chetlatishni talab qildi.
Dinara Kudaeva ijtimoiy tarmoqlarda otasining Rossiya-Ukraina urushi paytida vafot etgani haqida xabar qoldirdi va uning Rossiya termasidagi jamoadoshlari Olga Xoroshavtseva va Natalya Malishcheva sportchini layk bilan qo‘llab-quvvatladi.
Dinara Kudaevaning otasi shu yilning may oyida vafot etgan. Rossiyalik sportchi postda otasini qahramon deb atagan. Ukraina MOQ maktubga Kudaevaning ijtimoiy tarmoqlaridagi skrinshotlari bilan videoni ilova qildi, unda sportchining otasi harbiy kiyimda va qurol bilan tasvirlangan.
Ukraina, shuningdek, o‘z maktubida Tokio o‘yinlari vitse-chempioni belaruslik Irina Kurochkinani 2023-yilda Belarus MOQ rahbari Viktor Lukashenko bilan bo‘lib o‘tgan tadbirdagi ishtiroki munosabati bilan 2024-yilgi Olimpiadadan chetlashtirishni so‘ragan.
Izoh (0)