O‘zbekistonning og‘ir vazn toifasida jang qiluvchi professional bokschisi Bahodir Jalolov janglardan tushgan daromadi qanday sarflagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda sportchi Xalqaro boks assotsiatsiyasiga (IBA) bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“To‘g‘risini aytsam, gonorarlarimning yarmiga yaqinini ustozlarimga berdim. Shu vaqtga qadar erishgan yutuqlarimning asosiy sababchilari ustozlarimdir. Daromadimning qolgan qismini o‘zimning oilamga sarfladim. Onamni Umra safariga jo‘natdim. Bizda, musulmonlarda haj, umra farz hisoblanadi. Bundan tashqari, Oiladagi kamchiliklarimni to‘ldirdim. Opa-singillarimga yordam berdim. Meni otam yo‘q, singillarimga hozir ota o‘rnida otaman”, — deydi Jalolov.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov hozirda Parij Olimpiadasi uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Rossiyaning Xabarovsk shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha “Konstantin Korotkov xotira turniri”da Bahodir Jalolov finalda hamyurti Lazizbek Mullajonov ustidan ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.
Professional boksda Bahodir Jalolov 14 jang o‘tkazgan va janglarning barchasida muddatidan oldin g‘alaba qozongan.
Izoh (0)