“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumchi Joau Feliksning ijara muddatini uzaytirishga rozilik berdi, deb xabar beradi Diario Sport.
Manba bergan xabarga ko‘ra, mutaxassis portugaliyalik vinger bilan gaplashib olgan va keyingi mavsumda unga ishonishini aytgan.
Qayd etilishicha, Feliksning agenti Xorxe Mendes futbolchining huquqlariga ega bo‘lgan “Atletiko” klubi bilan ijara muddatini uzaytirish bo‘yicha muzokara olib borishi kerak.
24 yoshli portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsum kataloniyaliklar safida 44 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izoh (0)