Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 13-iyun kuni soat 01:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida, 27 yoshli M.A. boshqaruvida bo‘lgan Malibu-2, 32 yoshli A.Z. boshqaruvidagi Lacetti hamda 33 yoshli P.L. boshqaruvidagi bo‘lgan Lada rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Malibu-2 avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
- Avvalroq Toshkentda to‘rtta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgani,
- Navoiyda yuz bergan YTHda esa bir oilaning 5 a’zosi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
- Shuningdek, Andijon viloyatida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan yigit mashina boshqarib, avtohalokat sodir etgan,
- Toshkent viloyatida boshqaruvni yo‘qotgan Damas transport vositasi kanalga tushib ketgan edi.
Izoh (0)