Daryo

Toshkent viloyatida Damas kanalga tushib ketdi (video)

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, haydovchi mast holda bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish13 320 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyatida  boshqaruvni yo‘qotgan Damas transport vositasi kanalga tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati

Qayd etilishicha, 26-may kuni soat 12:00 atrofida Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi M.S. Damas avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, ushbu ko‘chadagi Tanachi—Bo‘ka kanaliga tushib ketgan. 

Ushbu YTH oqibatida haydovchi tan jarohati olmagan. Avtomashina texnik shikastlangan. Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, haydovchi mast holda bo‘lgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil fevral oyida Toshkent viloyati Bekobod shahrida Cobalt kanalga tushib ketgandi. Shu yilning fevralida Namanganda Nexia-2 paromga chiqish vaqtida daryoga tushib ketgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar