Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasida 11-iyun kuni soat 16:10 larda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/06/11/3-_Q66wnse.jpg)
YTH haydovchilar — 1995-yilda tug‘ilgan B.D. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashina, 1995-yilda tug‘ilgan B.S. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina, 1960-yilda tug‘ilgan Y.K. boshqaruvida bo‘lgan King Long rusumli avtomashina, 2003-yilda tug‘ilgan M.O. boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashinalar ishtirokida sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.