• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes Karyera

    Malikaning sirlari: Keyt Middltonning ko‘p yillar davomida hech kim bilmagan 6 ta yashirin iste’dodi

    Uels malikasi Keyt intervyularida har doim gapiradigan oshpazlik va bog‘dorchilikdan tashqari yana ko‘plab yashirin iste’dodlarga ega. Masalan, asalarichilik.

    Asalarichilik

    Ukasi Jeyms Middlton singari Keyt ham asalarichi bo‘lib, matbuot xabarlariga ko‘ra hatto qirollik tashrifi chog‘ida mehmonlarni bog‘idagi asal bilan siylagan. 2021-yilda Janubiy Kensingtondagi Tabiiy tarix muzeyiga tashrif buyurgan Keyt Norfolkdagi uyida asalarilari borligini ma’lum qiladi. Tashrif chog‘ida u Norfolk bog‘idan bir banka asal olib keladi va uni Londondagi Sent-Meri of Angels boshlang‘ich maktabidagi bolalarga hadya qiladi.

    Uelsning Berkshirda yashovchi ukasi Jeymsning ham bir nechta asalari uyalari bor — u sevimli mashg‘uloti unga depressiyani yengishga yordam berishini aytgan. Bu ishtiyoq 2011-yilda Jeymsning ota-onasi va opalari — Keyt va Pippa unga tug‘ilgan kunida birinchi asalarilari qutilarini sovg‘a qilishganida boshlangan. Natijada uning sevimli mashg‘ulotiga katta opasi ham qiziqib qoladi.

    Rasm chizish

    Keyt farzandlarini o‘zi suratga olishi va hatto o‘tgan yili Country Life muqovasi uchun qirolicha Kamillani suratga olgani bilan mashhur bo‘ldi (Yelizavetta va Filippning shov-shuvli suratlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi)). Biroq Ketrin haqiqatan ham ko‘proq badiiy mahoratga ega, jumladan, rasm chizishni yaxshi ko‘radi. Uning ijodga bo‘lgan qiziqishi u Sent-Endryus universitetini san’at tarixi bo‘yicha tamomlaganida boshlangan.

    Keyt nafaqat bolalarini suratga oladi, balki ularni chizadi ham. 2015-yilda malikaning do‘stlari Daily Mail nashriga Keyt yozni Norfolkda shahzoda Jorj va malika Sharlotta (uning kenja o‘g‘li, shahzoda Lui hali tug‘ilmagan) rasmini chizganini aytishgan. Aytishlaricha, shahzoda Jorjga onasining bu iste’dodi meros bo‘lib o‘tgan.

    Eshkak eshish

    Shahzoda Uilyam rafiqasining sport qobiliyatlari voleybol o‘ynashdan o‘q otishgacha yaqqol namoyon bo‘lgan bo‘lsa-da, malikaning unchalik mashhur bo‘lmagan iste’dodi shundaki, u bir vaqtlar eshkak eshish bilan shug‘ullangan. U hatto 2007-yilda Channel Race’da ishtirok etgan ham. Keyt 21 a’zodan iborat “Opa-singillar” jamoasining a’zosi bo‘lgan. Afsuski, Bukingem saroyi bunga qarshi chiqqanidan keyin u poygada qatnashmaydi. O‘sha paytda qirollik eksperti Richard Kayning aytishicha, qirollik oilasi malikaning bu mashg‘uloti ommaviy axborot vositalarining g‘azabiga sabab bo‘lishidan qo‘rqishgan.

    Dayving (sho‘ng‘ish)

    2015-yilda Kembrij gersoginyasi yangi sport turi bilan shug‘ullanib, 30 metr chuqurlikka sho‘ng‘ish imkonini beruvchi dayving bo‘yicha professional sho‘ng‘ish o‘qituvchilari uyushmasi (PADI) sertifikatini qo‘lga kiritadi. Bu eng ilg‘or dayving malakalaridan biridir.

    Taxt vorisi shahzoda Uillyam ham ko‘p yillar davomida g‘avvoslik bilan shug‘ullanib, otasi Charlzdan keyin Buyuk Britaniya g‘avvoslari yig‘ilgan Britaniya suvosti klubi prezidenti lavozimini egallagan.

    Fortepiano

    2021-yil dekabr oyida Keyt Vestminster abbatligidagi Rojdestvo qo‘shiqlari konsertida qo‘shiqchi Tom Uoker hamrohligidagi chiqishi bilan qirollik muxlislarini hayratda qoldiradi. Pandemiya paytida yo‘qolgan yaqinlariga bag‘ishlangan spektakl qirollik muxlislari va professional musiqachilar tomonidan olqishlarga sazovor bo‘ladi. Kembrij gersoginyasi pianinoda “Bu yerda bo‘lolmaydiganlar uchun” qo‘shig‘ini ijro etadi. Bir yil o‘tgach, Tom Uoker spektakl haqida gapirar ekan, Good Morning Britain nashriga: “U haqiqatan ham iste’dodli musiqachi”, deydi.

    Ko‘rinib turibdiki, bo‘lajak malika bolaligidan musiqa va teatrga qiziqqan. 2014-yilda 11 yoshli Keyt “My Fair Lady” filmida Eliza rolini o‘ynab, Isn’t She Loverly qo‘shig‘ini ijro etgani aks etgan video paydo bo‘lgandi. Biroq malika xonandalik iste’dodi bilan faxrlanmaydi — u 2022-yilda xor konsertida yomon kuylaganini, qo‘shiq aytishni ko‘proq mashq qilishi kerakligini aytadi.

    Imo-ishora tilini bilish

    Joriy yilning boshida Uels malikasi Falmutdagi Kornuoll milliy dengiz muzeyiga qirollik tashrifi chog‘ida o‘zining imo-ishora tilini bilishini namoyish etdi. Kemalar poygasi oldidan qirol Charlz boshlang‘ich maktab bolalari bilan gaplashar ekan, Keyt eshitish qobiliyati past bola bilan gaplashish uchun imo-ishora tilidan foydalangan.

    Uels malikasi va shahzodasi bu mahoratni birinchi marta namoyish etayotgani yo‘q. 2014-yilda Ketrin London sharqidagi mahalliy skaut klubiga tashrif buyurganida imo-ishora tilidan foydalangan. Shahzoda Uilyam ham imo-ishora tilini biladi. Shahzoda bu mahoratni bir paytlar karlar jamiyati bilan ishlagani uchun maqtovga sazovor bo‘lgan onasidan olgan bo‘lishi mumkin. Malika Diana 1983-yilda Britaniya Karlar assotsiatsiyasining homiysi bo‘lgan. U mazkur assotsiyatsiyaga o‘n yildan ortiq homiylik qiladi va 1996-yilda, Charlz bilan ajrashish yakunlanishidan bir necha oy oldin iste’foga chiqadi.

    13.06.2024, 13:09   Izoh (0)   10550
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Malika Diana, Keyt Middlton va Megan Markl uylaridagi interyerlar: Qirollik malikalari qanday uslublarni xush ko‘radi?

    10.06.2024, 09:55

    Kinotavsiya: Yuragingiz tubidagi eng nozik hislarni uyg‘otib yuboradigan koreys seriallari

    12.06.2024, 09:37

    O‘ta boy osiyoliklar: yiliga million dollarlab daromad oladigan xitoylik aktyor va aktrisalar

    12.06.2024, 10:41

    Kech uxlashning o‘smirlar salomatligiga yana bir zararli tomoni aniqlandi

    13.06.2024, 10:54

    “Xatiko” yoki “Titanik” emas: ko‘z yoshi to‘kishingizga sabab bo‘ladigan 7 ta film

    13.06.2024, 09:41

    Kam ovqatlanish sabablari va ishtahani oshirishning 12 ta usuli

    12.06.2024, 18:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeff Bezosning rafiqasi “Jeyms Bond” filmida suratga tushishi mumkin

    Kino | 15 avgust, 17:20

    Pokistonda otishma va mushakbozlik oqibatida 100 dan ortiq odam jarohatlandi

    Dunyo | 15 avgust, 17:05

    Yovuz qahramonlarni mahorat bilan gavdalantiradigan Gollivud aktyorlari (foto)

    Kino | 15 avgust, 16:45

    Ukraina qurol-yarog‘ ortilgan Rossiya kemasiga hujum qildi

    Dunyo | 15 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:13

    UFC prezidenti Oq uyda o‘tadigan musobaqada qaysi sportchilar jang qilishi mumkinligini ochiqladi

    Sport | 15 avgust, 16:08

    “Bu O‘zbekistonsiz amalga oshmagan bo‘lardi”. Germaniya fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi yordam uchun minnatdorlik bildirdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.