Toshkent shahrida 11-iyun kuni O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu madaniyat va sanʼat bayrami ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tadbirda ishtirok etdi.


“Davlatimiz rahbari qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar boshqa sohalar qatori madaniy-gumanitar yo‘nalishda ham jadal rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirib, ishtirokchilarni samimiy qutladi va yuksak ijodiy parvozlar tiladi”, – deb yozadi Prezident matbuot kotibi.

Izoh (0)