Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti kuni o‘z faoliyatini odatdagidan 2 soat oldin boshlaydi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar qildi.
16-iyun kuni yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, metropoliten tongi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi.
Qurbon hayiti kuni barcha yo‘lovchilar uchun Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 gacha yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.
Izoh (0)