Saudiya Arabistoni islom taqvimidagi eng muqaddas oylardan biri bo‘lgan zulhijja oyi boshlanishidan darak beruvchi zulhijja yarim Oyining ko‘ringanini e’lon qildi.
Yarim Oy ko‘ringanidan so‘ng (Iyd al Adha) Qurbon hayiti 16-iyun kuni nishonlanishi kutilmoqda. Musulmonlarning asosiy bayrami oldidan arafa kuni esa 15-iyunga to‘g‘ri kelmoqda.
Qirollik Oliy sudi bir kun avval aholini zulhijja Oyini kuzatishga chaqirgan.
- Qurbon hayitida musulmonlar birgalikda namoz o‘qiydilar, xayriya ishlari bilan shug‘ullanadilar va odatda qo‘y so‘yib, qurbonlik keltiradilar. Islomning besh arkonidan biri bo‘lgan haj ziyorati shu oyda amalga oshiriladi.
Izoh (0)