Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Shahlo Zoirova 5 yil deganda metroga tushdi hamda kuzatuvchilariga o‘z taassurotlarini so‘zlab berdi.
Xonanda Milena Madmusayeva yangi surati bilan ko‘rinish berdi.
“Aktyor” loyihasi ishtirokchisi Hamdam Sobirovga parodiya qildi. U xonandani o‘ta mahorat bilan gavdalantirgani uchun ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda.
Feruza Normatova bir necha yil avval suratga olish jarayoni to‘xtab qolgan “Kim kelgindi?” seriali ustida ish boshladi.
Toshkentda o‘tgan to‘ylardan birida kutilmagan holat ro‘y berdi. Kuyovning istagiga ko‘ra ushbu to‘yga Ozoda Nursaidovaning “Ko‘k Jiguli” klipida bosh rollarni ijro etgan aktyorlar Abdulloh va Zarina ham klipdagi obrazlarida tashrif buyurdi.
Xonanda Shahzoda chaqaloq ko‘tarib tushgan suratini sahifasiga joyladi va muxlislarini o‘ylantirib qo‘ydi.
Ilhom Farmonov muvaffaqiyatga erishishiga onasining duolari sabab bo‘lgani haqida post qoldirdi.
Alisher Uzoqov yangi “Yo‘l” deb nomlangan serialda suratga tushmoqda.
Jahongir Otajonov to‘ylarda “Kachayte” qo‘shig‘ini kuylamasligining sababi haqida gapirdi.
“Bu qo‘shiqni to‘ylarda kuylasam, odamlar o‘ynashadi. Lekin bu qo‘shiq raqsga tushish uchun emas, tanqidiy sarkazm uchun yaratilgan”, — deydi xonanda.
Shahlo Alijonova muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Instagram’da Chechenka taxallusi ostida blog yurituvchi Gulzoda Abdullayeva BMW avtomobilini xarid qildi hamda quvonchini kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
Izoh (0)