Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Aktyor va xonanda Ali Otajonov qizini tug‘ilgan kuni bilan qanday tabriklagani aks etgan videoni sahifasiga joyladi.
Aktrisa Zarina Nizomiddinova to‘ng‘ich farzandi bilan tushgan suratini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Shohruxxon va Asal Shodiyeva 5-iyun sanasida to‘ylarining 8 yilligini nishonladi. Asal Shodiyeva turmush o‘rtog‘i ushbu sanani unutib qo‘ygani haqidagi kulgili video bilan bo‘lishdi.
Muborak Abdullayeva Surxondaryodagi Sangardak sharsharasi yonida tushgan surati bilan bo‘lishdi.
Lola va Hamdam Sobirov yangi duetlariga ishlanayotgan klipdan parchani taqdim etdi.
Yosh aktrisa Feruza Yusupova instabloger Abduvali Saxiyevga turmushga chiqmoqda. Instabloger Turkiyadagi sayohat vaqtida aktrisaning qo‘lini so‘radi.
5-iyun sanasida taniqli san’atkor Alisher Ro‘zmetov ikkinchi o‘g‘lini uylantirdi.
Otabek Mirzaxolov aktrisa Prinsessa Rahmatova bilan tushgan suratiga hazilomuz izoh qoldirdi.
Hind kinosi yulduzi Kajol sahifasiga yangi suratini joyladi.
Elmurod Haqnazarov administratori Elnur Risqiyevga Kia K5 avtomobilini sovg‘a qildi.