Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti.
Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Fuqaro N.S. voyaga yetmagan o‘g‘li H.B. orqali Mirzo Ulug‘bek tumani “Navnihol” MFY hududida fuqaro D.A.ga jami 200 dona “Amino methyl” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 8 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, N.S.ning yonidan jami 1 801 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)