• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Yotoqxonamizdan ayollar pudrasini topib olganman”. Sevinch Mo‘minova Sharof Muqimovning xiyonatlari va marhum qaynonasining uyga sig‘dirmagani haqida

    Xonanda Sevinch Mo‘minova “Laziza shok.uz” YouTube kanaliga bergan intervyusida ilk marta sobiq turmush o‘rtog‘i Sharof Muqimov bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgani hamda marhum qaynonasi bilan munosabatlari haqida gapirib berdi.

    Sevinch va Sharof Muqimov
    Foto: YouTube

    Sevinch aslida oradan bir necha yil o‘tganidan so‘ng oilaviy hayoti haqida intervyu berishga uni sobiq turmush o‘rtog‘ining intervyularida unga tegizib ketayotgan gaplari sabab bo‘lgani haqida gapirdi.

    — Sharof avvalgi intervyularida “Bo‘laveradi, deb uylanmaslik kerak ekan” debdi. U emas, aslida men “Mayli, bo‘laveradi”, deb turmushga chiqqandim-ku. To‘yni to‘xtatmoqchi bo‘lganim esidan chiqib qolibdimi? Unashtirilgandik, to‘yimiz aniq edi, lekin bir kunda bir marta xabar olib qo‘ng‘iroq qilmasdi, men bilan qiziqmasdi. Sevmasligini, mehri yo‘qligini o‘sha vaqtdan sezardim. Chaqirib, to‘yni to‘xtatmoqchiligimni aytganimda ham menga emas, senga har xil gaplar keladi, degandi. Farqi yo‘q, dedim. “Endi baxtimni topganimda meni tashlab ketma”, deb yig‘ladi, sodda bo‘lib o‘sha ko‘z yoshlariga ishonibman. Lekin bari soxta ekan, — deydi xonanda.

    Sevinchning aytishicha, qizini dunyoga keltirib to‘rt yil uyda o‘tirgani ham sobiq turmush o‘rtog‘iga malol kelgan.

    — Qizimni dunyoga keltirganimdan keyin ishlamadim, farzandimni o‘zim parvarishladim. Xarajatlarning yarmini, kommunal to‘lovlarni yiqqan pulimdan men ko‘tarardim, qizimizning kerakli narsalarini u olardi. Bu paytda alohida uyga ko‘chib o‘tgan edik. Bir kuni yoz fasli edi, kirib kelib, “Konditsioner tagida yotavermay, tur, ishlab, bolangni boq”, degan gapni ham aytgan. Bizni boqish unga malol kelib qolgandi. Ajrashib, qaytib kelgan opasini, ota-onasini boqardi, lekin bu erkaklik burchi, minnat qilish kerakmas-ku?, — deydi Sevinch.

    Foto: YouTube

    Sevinch Mo‘minova oilasini saqlab qolish uchun oxirigacha kurashgani, hatto uning xiyonatlariga ham ko‘z yumgani haqida gapirdi.

    — Ajrashishimizga sabablarni aytsam, begona qizlar bilan yozishardi, isbotlarigacha bor. Onamni ko‘rgani Farg‘onaga 1 haftaga ketib, qaytib kelganimda, uydan ayollar upasi topganman, meniki emasdi. Janjal ko‘tarmaganman, faqat so‘raganman. “Do‘stim klipga suratga tushgandi, grimyorniki cho‘ntagida qolib ketgan ekan, shu tushib qolgan, shekilli”, degan. Gapiga ishondim. Unga qattiq ishonardim, menga xiyonat qilishi mumkinligini tasavvur ham qilmasdim.

    Keyin hammomdan begona ayollar ichki kiyimini topib oldim, shundan so‘ng butkul ishonchim yo‘qoldi. Ataylab tashlab ketilgan edi. Hech kim unutib qoldiradigan narsa emas-ku bu. Bir qiz bilan ham gaplashishini bilib qolganman. Sharof unga “Mabodo Sevinch senga qo‘ng‘iroq qilib qolsa, singlisiman, deb aytgin” degan ekan. U qizga qo‘ng‘iroq qilganimda yashirib ham o‘tirmay, “Ha, biz gaplashamiz” deb, menga Sharofning o‘sha gaplarini skrinshot qilib yuborgandi. Men shunda ham qizim uchun u otasiz katta bo‘lmasin deb, bu ishlariga ko‘z yumganman. Lekin ko‘nglim sovib bo‘lgandi. Men oxirgi nuqtagacha oilamizni asrab qolishga harakat qilganman. U esa qarindoshlarining, o‘rtoqlarining gapiga kirardi, ajrashishimizda ularning ham gapining taʼsiri bo‘lgan.

    Xonanda intervyu davomida marhum qaynonasi bilan munosabatlari qanday bo‘lganiga ham oydinlik kiritdi.

    — Qaynonam boshida meni yoqtirardi, yaxshiyam vodiydan kelin qilgan ekanmiz, qo‘l-oyog‘i chaqqon, shirinso‘z ekan, deb onamga qo‘ng‘iroq qilib rahmat ham aytgan.

    Bilmayman, qanday qilib meni yomon ko‘rib qoldi. Oilada qanday gap-so‘z bo‘lsa ham umuman gap qaytarmaganman. Chunki onam meni shunday tarbiyalagan. Bir marta gap qaytarganman. Unda ham “Bu uydan ket, yo‘qol”, deb haydaganida, “Yo‘q, ketmayman, erim ket, desa ketaman”, deganman. Shunda ham “erim” degan so‘zim yoqmagan. Juda qattiq gap eshitganman.

    Qaynonam birinchi haydashi Moskvaga gastrol safariga er-xotin birga ketayotganimizda bo‘ldi. Sababi avvalroq qaynonamni ogohlantirmaganimiz ekan. Aslida men aytaylik, deganimda, Sharof  “Vaqti kelaversin, aytamiz”, deb orqaga surgandi. Ko‘chada ketayotganimizda unga qo‘ng‘iroq qilib “Nega anavi menga aytmadi, bunaqa kelin kerakmas menga. Uyga qadamini bosmasin” deb baqir-chaqir qilgan. Vaholanki, ular mening sanʼatkorligimni bilib kelin qilishgandi. Yana men ularga uy qurib berishim kerak edi. Aksincha, men ularning tayyor uyiga borib yashashim kerakmasmidi?, — deydi xonanda.

    Foto: YouTube

    Sevinch yangi kelinlik paytida Sharof uni qattiq kaltaklagani haqida ham gapirdi.

    — Bir oylik kelinchak paytimda qattiq do‘pposlagan. Uyga kelayotganida qo‘ng‘iroq qilganim uchun. Yonida do‘sti bo‘lgan, kelyapsizmi deganimni eshitgan va “Xotiningni hozirdan qattiq ushla, esini kirg‘izib qo‘y, sendan qo‘rqib tursin”, deb “maslahat” bergan. Yarim kechasi uyga kelib do‘pposlagan, urmagan joyi qolmagan. Dod-voy ovozini eshitib hech kim chiqmagan. Xo‘rligim kelib, narsalarimni yig‘ishtirib, ketaman, deganimda, yana kechirim so‘rab olib qolgan.

    Sevinch qaynonasining uydan haydab yuborishi ortidan boshqa uyga ko‘chib chiqqani, lekin baribir turmushi o‘xshamagani haqida shunday deydi:

    — Turmushimizga 4 oy bo‘lganda onamnikiga Farg‘onaga borganmiz. Qaynonam qo‘ng‘iroq qilgan, eshitmay qolganmiz. Keyin gaplashganimizda menga bunday kelin kerakmas, uyga qaytib kelmasin, degan. Nega kelmasligim kerak, borganman. Faqat erim “Ket” desagina ketaman, deganman. Uyda qaysi xonaga kirsam orqamdan kirib, haydardi qaynonam. Juda yomon gaplar aytgan, gap qaytarmasdim. Oxiri bir qattiq aytgan gapini deb ketganman. Shunda Sharof meni alohida uyga olib chiqqan. 4 yil o‘sha uyda onasidan berkitib yashadim. Bir kun men bilan, bir kun onasi bilan yashardi. Keyinchalik 4 kun onasi, 1 kun men bilan yashaydigan bo‘ldi. Bu hayot, hayot emasda. Qizim chaqaloqligida kasal bo‘lardi, hamma narsasiga o‘zim yugurardim. Yarim kechasi dorixona, shifoxonalarga o‘zim olib borardim. Opasi ham ukasini juda qizg‘onardi, doim janjal ko‘tarardi, xotiningni mendan ko‘proq yaxshi ko‘rasan, deb, — deydi xonanda.

    Sevinch qizi Leyla bilan
    Foto: Instagram

    “Alohida chiqib ketdim va 6 yildan keyin qaynonam saraton kasaliga chalindi. Shundan keyin Sharofning muomalasi menga qattiq o‘zgardi. “Borib qaraymi?”, deganimda yo‘q, dedi. Aytishlaricha, onasini men kasal qilib, jonini olgan ekanman. Men oilamizni saqlab qolishga oxirigacha harakat qildim. Boshidan boshlaylik, deganimda ham, qarindoshlarim, do‘stlarim nima deyishadi, degandi. Shundan keyin bilganman bu odamning o‘zining fikri yo‘qligini. Hozir ham menga turmush qurish taklifi bilan ko‘p chiqishadi, ammo qizimga chin otalik qila oladigan, meni doim himoya qilib, yonimda turadigan inson bo‘lsagina rozi bo‘lishim mumkin, taqdir qilmagan bo‘lsa, bunga ham roziman”, — deya so‘zlarini davom ettiradi xonanda.

    • Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minova 2010-yilda turmush qurgan, ularning to‘yi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.
    • 2011-yilda ular qiz farzandli bo‘lgandi.
    • 2016-yilda ular qonunan ajrashgani maʼlum bo‘ldi.
    07.06.2024, 12:53   Izoh (0)   22319
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Turmush o‘rtog‘imning muxlisasi edim”. Sharof Muqimovning rafiqasi ular qanday tanishgani haqida gapirib berdi

    26.07.2022, 16:48

    Instagram: Sevinch Mo‘minovadan ko‘ngli qolgan aktrisa, Yulduz Usmonovaning 42 ming dollarlik libosi, “qovun tushirgan” Asal Abdullayeva

    22.02.2023, 22:27

    San’atdagi faoliyatini Oxunjon Madaliyevning klipidan boshlagan: YouTube’da eng ko‘p izlanadigan o‘zbek xonandasi Sevinch Mo‘minova 41 yoshda

    06.07.2023, 11:55

    Instagram: 160 ming dollarlik mashina xarid qilgan Sevinch Mo‘minova, turmushga chiqayotgan Xonzoda Do‘stova, turkiyalik mashhur oshpaz Toshkentda osh damladi

    06.09.2023, 22:20

    Instagram: Oybek va Nigora farzandini tug‘ruqxonadan olib chiqdi, Afruzaning eng katta orzusi ushaldi, Mushtariy Zafar yangi mashinali bo‘ldi

    07.06.2024, 11:28

    Hammasi tugadimi? Jennifer Lopes va Ben Afflek yaqinda xarid qilgan uy sotuvga qo‘yildi

    06.06.2024, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda uch yoshli bola kombayn ichiga tushib ketdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:20

    Yuridik universitet qoshidagi akademik litseylarning bitiruvchilari suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 00:10

    Siydik rangi organizmda kechayotgan o‘zgarish va kasalliklardan xabar beradi

    Salomatlik | 19 iyun, 00:00

    Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:50

    Andijon va Xorazmdagi noqonuniy hujralarda tahsil olayotgan bolalarga jarohat yetkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:30

    “Texnologiya olib kelib, jahon bozoriga sarxil va quritilgan mevalarni eksport qilish salohiyatimiz bor” — prezident

    O‘zbekiston | 18 iyun, 23:28

    Tramp AQSHni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga tortishni istamasligini ta’kidladi

    Dunyo | 18 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Manchester Siti” “Vidad”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 iyun, 23:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.