• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    San’atdagi faoliyatini Oxunjon Madaliyevning klipidan boshlagan: YouTube’da eng ko‘p izlanadigan o‘zbek xonandasi Sevinch Mo‘minova 41 yoshda

    Sevinch Mo‘minova 30-iyun kuni 41 yoshni qarshiladi. Nafaqat xonandalikda, balki aktrisalikda ham omadi kulgan ijodkorning muxlislari nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda bor, desak xato bo‘lmaydi. 

    Foto: Instagram / @sevinchofficial

    “Yovvoyi qiz bo‘lganman”

    Xonandaning otasi Tolib Mo‘minov harbiy xizmatni Ozarbayjonda o‘tagan. U Ozarbayjonga borganda Mahbura ismli qiz bilan tanishib qolib, u bilan oila qurgan. Ularning muhabbati sabab, Shahlo, Sevinch va Kamron ismli farzandlar dunyoga kelgan.

    Foto: Instagram / @sevinchofficial

    — Bolaligim juda go‘zal o‘tgan. Tabiatan yovvoyi qiz bo‘lganman. Odamlar bilan tez til topishib ketolmasdim. Dadamning qo‘llarini ushlab, ortiga yashirinib turardim. Hozir ham shu odatlarim saqlanib qolgan. San’atkor bo‘lishimni mendan ham ko‘proq dadam istagan, — deydi xonanda Sevinch Mo‘minova.

    “15 yoshimda klipda suratga tushganman”

    Xonandaning san’atga kirib kelishi juda qiziq kechgan. Aslida, uning bu sohani tanlashiga hech kim shubha qilmasdi. Boisi, otasi san’atkor bo‘lgan va u Oxunjon Madaliyevning ustozi hisoblanadi.

    Foto: Instagram / @sevinchofficial

    — San’atkor bo‘lishimda dadamning hissasi juda katta. Chunki u inson sabab, bolalikdan san’atga mehr qo‘yganman. Ustozim, maslahatchim, hatto targ‘ibotchim ham dadam bo‘ladi. Rahmatli Oхunjon Madaliyev dadamni juda hurmat qilardi. “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas” klipi suratga olinganidan keyin dadam operatordan “Meni qizimga ham klip olib bering”, deb iltimos qilgan. Ilgari kliplar tabiat qo‘ynida, oddiy suratga olinardi. Bir nechta kadrlarni olishganidan keyin birinchi klipim olindi, deb rosa xursand bo‘lganman. Bir oydan keyin o‘zimni Oхunjon Madaliyevning “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas” klipida ko‘rib, rosa xursand bo‘lganman. O‘shanda bor-yo‘g‘i 15 yoshda edim, — deydi xonanda.

    “Sahnada tinch turolmasdim”

    Ilk so‘zi bilan bog‘liq xotiralar hech qachon unutilmaydi. Sevinch Mo‘minova ham ilk bor katta sahnaga chiqqan kunini yaxshi eslaydi.

    Foto: Instagram / @sevinchofficial

    — 16 yoshimda Oхunjon Madaliyevning yakkaxon konsert dasturida ishtirok etganman. Juda hayajonli bo‘lgan. Raqs tushishni yaxshi ko‘rganim uchun sahnada tinch turolmasdim. Bu harakatlarim ko‘plab tanqidlarga uchragan bo‘lsa-da, odamlar shu jihatim bilan meni yaxshi ko‘rishadi, deb o‘ylayman. Ammo hozir avvalgidek, raqsga tusholmayman. Ilgari sahna chetida turib bo‘lsa-da, raqsga tushaverardim. Hozir qizim uchun o‘zimni asrashim kerak, deyman. Balki, bu yoshimning ulg‘aygani bilan ham bog‘liqdir, — deydi xonanda.

    Jamila G‘ofurova Sevinchning o‘rnida bo‘lishni istagan

    Xonanda Sevinch Mo‘minova xonandalik faoliyati boshlamasidan oldin 2002-yilda kinorejissor Qamara Kamolovaning “Dilhiroj” filmida suratga tushgan. Aktrisa Jamila G‘ofurova Sevinchga raqobatchi bo‘lgani va bu rolni ijro etishgani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram / @sevinchofficial

    — 16 yoshimda “Dilhiroj” deb nomlangan filmda Alisher Hamroyev, Sevinch Mo‘minovalar bilan birga  suratga tushganman. O‘shanda  to‘lachaligim uchun bosh rolga olishmagan. “Dilhiroj” filmida kasting ham bo‘lmagan, “siz qaysi rolga keldingiz”, deyishganida “men bosh rolga keldim, bosh rolni o‘ynayman”, deganman. O‘shanda rejissor “Jamila agar bosh rolni o‘ynamoqchi bo‘lsangiz ozishingizga to‘g‘ri keladi, siz ozgina to‘lachasiz”, degan edi. Haqiqatdan ham to‘lacha qiz edim, bosh rolga ham to‘g‘ri kelmas edim, biroq kim o‘zini “men to‘laman, bosh rolga ham to‘g‘ri kelmayman”, deb aytadi, — deydi aktrisa Jamila G‘ofurova. 

    Filmning suratga olish jarayonlari naqd qirq kun Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan. Ota-onasidan hech qachon ayro yashamagan Sevinch suratga olish maydonchasida ham ular bo‘lishini istagan. 

    Foto: Instagram / @sevinchofficial

    Sevinch Mo‘minovaning qiyofadoshi...

    Xonanda Sevinch Mo‘minovaning o‘ziga o‘xshash Shahlo ismli opasi bor. Opa-singillarning orasidagi bir yosh. Instagram kuzatuvchilari xonandaning qizi Leylani Shahlo xolasiga o‘xshatishadi.

    Foto: Instagram / @sevinchofficial

    — Shahlo opam bilan deyarli tengdoshdek ulg‘ayganmiz. Tashqi ko‘rinishimiz o‘xshash bo‘lgani uchun ilgari bizni egizak deb o‘ylashardi. Shahlo Angliyada tahsil olgan, tarjimon va iqtisodchilik mutaxassisliklarini egallagan. Hozirda farzandlari tarbiyasi bilan band, — deydi xonanda Sevinch Mo‘minova.

    YouTube’dan qancha daromad oladi?

    Xonanda “Internet qirolichasi” deya ta’riflanishi bejiz emas. Chunki u qidiruvlar tizimida eng ko‘p izlanadigan o‘zbek xonandalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, “Ne bo‘ldi?” qo‘shig‘i ham 83 million marta tomosha qilingan. 

    Foto: Instagram / @sevinchofficial

    Mazkur qo‘shiq “Baxt uchun million” filmiga soundtrek sifatida ijro etilgan. Aslida, u plagiat qo‘shiq bo‘lib, Sevinchdan avval uni hind, turk va grek xonandalari ham ijro etishgan. Qo‘shiq matni esa shoira Gulbahor Mo‘minova qalamiga mansub.

    — YouTube’dan topadigan daromadimiz u qadar yuqori emas. Oyiga 1 000 dollardan pul keladi, — deydi xonandaning otasi Tolib Mo‘minov.

    Sharof Muqimov... Darz ketgan munosabatlar

    Foto: Instagram / @sevinchofficial

    2010-yildagi yulduzlar juftligining to‘yi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Hatto Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minovaning nikoh oqshomining video disklari sotuvga ham chiqarilgandi. Afsuski, yulduzli juftlikning baxtli onlari uzoqqa cho‘zilmadi. Oilada dunyoga kelgan qizaloq ham uni saqlab qololmadi. Sevinch intervyularining birida to‘ydan so‘ng besh oy davomida qaynona-qaynotasi bilan bitta uyda yashashganini, so‘ng aytishni joiz deb topmagan “ma’lum bir sabablarga ko‘ra” turmush o‘rtog‘i bilan alohida uyga ko‘chib o‘tganini gapirgandi. “Shu vaqtdan e’tiboran oilamiz buzilishni boshladi, chunki Sharof bir kun men bilan yashasa, bir kun ota-onasi bilan yashardi”, — degandi Sevinch. Xullas, ana shunday vajlarga ko‘ra, ular 2017-yilda rasman ajrashdi. Xonanda Sevinch esa qizi Leylani yolg‘iz tarbiya qilmoqda.

    “Ko‘chadagi hayotdan charchaganman”

    Sevinch Mo‘minova hamisha shoshib yuradigan va hamkasblari bilan yaqin munosabatda bo‘lmaydigan xonanda. U “Daryo” muxbiri Nargiza Murodovaga bergan intervyusida buning sababini quyidagicha izohlagandi.

    Foto: Instagram / @sevinchofficial

    — Qizim tug‘ilganida to‘rt yil jamiyatdan uzilib bor e’tiborimni farzandimga qaratganman. Haqiqatan ham shoshib yuraman, san’atkorlar bo‘ladigan ko‘p davralarda ishtirok etolmayman. Chunki shovqin va ko‘cha hayotidan charchaganman. Sokin hayotimda qizim, ota-onam bilan bo‘lsam bo‘ldi. Ilgari gastrol safarlariga ham ko‘p borardim. Hozir konsertni yoki to‘yni o‘tkazib, uyga shoshilaman. Balki, bu onalik mehridir, — deydi xonanda Sevinch Mo‘minova.

    06.07.2023, 11:55   Izoh (0)   57291
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uzoq vaqt suvga sho‘ng‘ish, kubik-rubik terish: Suratga olish maydonchasida g‘ayrioddiy iste’dodini namoyish etgan mashhurlar (foto)

    06.07.2023, 10:40

    Dubay amirining grek qizi: Islomni qabul qilgan shayxa Mara qanday ko‘rinishga ega? (video)

    06.07.2023, 09:41

    Poliglotlar: bir necha tilda bemalol so‘zlasha oladigan mashhurlar (foto)

    05.07.2023, 18:30

    Gollivudning anchadan beri ko‘rinmay qolgan aktyor va aktrisalari hozirda nimalar bilan band? 

    05.07.2023, 15:44

    Sobiq birinchi xonim, advokat, aktrisa: Millionerlarning sohibjamol va o‘z karyerasiga ega rafiqalari (foto)

    05.07.2023, 14:08

    Instagram: Yulduz Usmonova samolyot sotib oldimi? “Qodirxon” aktrisasi turmushga chiqdi, Ra’no Shodiyevaning kasalligi haqidagi haqiqatlari

    04.07.2023, 21:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.