• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Turmush o‘rtog‘imning muxlisasi edim”. Sharof Muqimovning rafiqasi ular qanday tanishgani haqida gapirib berdi

    Sharof Muqimovning rafiqasi Husnora Instagram’dagi sahifasida xonanda bilan qanday tanishgani, muhabbat qissasi qanday davom etgani haqida gapirib berdi.

    Tasodifiy uchrashuv

    Foto: Instagram /@hailey__47

    Foto: Instagram /@hailey__47

    “Instagram’dagi sahifamga Sharof akam bilan qanday tanishganimni so‘rab ko‘p yozishadi. Xullas, 2018-yilning dekabr oyi edi. Chet el oliygohida o‘qiganman, imtihon topshirish payti edi. Hamma talabalar  yiqilishdan qo‘rqib imtihonga tayyorlanardi. Keyin do‘stlarim bilan uyga ketdim. Uyga kelsam, shirin jiyanim Jasmina Mustaqillik maydonida gala-konsert bo‘lishini aytdi va borishimni so‘radi. Men esa yo‘q, unaqa konsertlarni yoqtirmayman, ertaga imtihonim bor, yiqilishdan qo‘rqaman, tayyorlanishim kerak, dedim. Keyin kelinoyim sal kitobdan bosh ko‘taring, zerikib o‘tirasizmi, borib keling, dedi. Ularni xafa qilgim kelmadi, konsertga borib, old qatorga o‘tirdik.

    Taxminan, 20 daqiqa o‘tirganimizdan keyin Jasminaga uyga ketishimiz kerakligini aytdim, u esa yana 5 daqiqa o‘tirishimizni so‘radi. Konsert, gavjum joylarni yoqtirmayman, jiyanimning ko‘nglini ko‘tarish uchun kelgandim. Keyingi 5 daqiqada Sharof akam sahnaga chiqdi. Birinchi ‘Jonim seni’, ikkinchi ‘Sevgimni avayla’ taronasini ijro etdi, qizig‘i, ikkita qo‘shig‘ini ham menga qarab aytdi. Har zamonda qo‘llari bilan meni ko‘rsatar edi, boshida hayron qoldim va balki shunaqa usul bilan qo‘shiq aytsalar kerak deb e’tibor bermadim.

    Konsert tugab, endi ketayotgandik, bir inson kelib raqamimni so‘radi, men nega sizga raqamimni berishim kerak, boring, keting dedim. U kishi raqamimni o‘ziga emas, Sharof Muqimov uchun so‘rayotganini aytdi. Men raqamimni bermayman, deganimdan keyin Sharof akam kelib ‘Qora ko‘zlar’ degan klip olmoqchiman, shunga mos tushasiz, sizni topishimiz uchun raqamingiz kerak, dedi.

    Men ham san’atga qiziqaman, aslida, o‘zim ham turmush o‘rtog‘imning muxlisi bo‘lganman, uyalganimdan xo‘p deb, raqamimni berdim, klipga tushishni o‘yladim. Ketganidan bir daqiqa o‘tib, bu men, Sharof degan xabar keldi. Javob yozmadim, biroq qachon klipga olishini o‘ylab qoldim”, — deydi Sharof Muqimovning rafiqasi.

    Kutilmagan uchrashuv

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Har har kuni ‘Salom yaxshimisiz, yaxshi dam oldingizmi?’ deb xabar yozardi, men ham javob qaytarar edim. Keyinroq Sharof akam yoshim va qayerda o‘qishimni so‘radi, men ham klip uchun so‘rayotgan bo‘lsa kerak, deb o‘yladim, lekin hamon klipdan darak yo‘q edi. Bir do‘stimga hammasini aytib berdim, keyin o‘rtog‘im u kishi meni yaxshi ko‘rib qolganini aytdi. Men hech ham unaqa emas desam, ko‘rasan, aniq seni yoqtirib qolgan, dedi.

    Oradan bir oy o‘tib ‘Qora ko‘zlar’ taronasiga klip tayyor bo‘ldi, biroq unda men emas, boshqa qiz, Durdona Qurbonova ishtirok etgan edi. Hayron qoldim, klipga deb raqamimni olib boshqa qizga rolni beribdi. Keyin yana hol-ahvol so‘rab xabar yozdi, men ham darrov klipga deb raqamimni olgan edingiz, lekin klip chiqib bo‘ldi-ku, dedim. Sharof akam sizni boshqa klipga olaman, ertaga studiyamga keling, dedi. Men esa rad javobini berdim. U kishi qaysar ekanligimni aytdi, xullas, bormadim.

    Bir kuni darsda o‘tirsam Sharof akam qo‘ng‘iroq qildi, ko‘tara olmadim. Keyin chiqing, o‘qish joyingizning darvozasi oldida turibman, dedi. Men ulardan nega kelganlarini so‘radim va darsdan chiqa olmasligimni aytdim. U kishi mayli, darsingiz tugashini kutib turaman, dedi. Darsim tugadi, hamma talabalardan keyin chiqdim, darvoza tarafga qarasam, Sharof akam gul va bir quti shokolad olib ko‘tarib turardi, hayron bo‘ldim.

    Salom berganimdan keyin qo‘llaridagi gulni menga berdi, men esa bu gullarni nima sababdan berayotganlarini so‘radim. Sharof akam klipimga olmaganim uchun xafa bo‘ldingiz, shunga dedilar. Men esa klip yaxshi chiqqanini aytdim. Gullarni oldim, uyimga olib borib qo‘yishini aytdi, men rad etdim” , — deydi Husnora.

    Ilk nigohdagi muhabbat 

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Institutimizga tez-tez gul olib kelishlar ko‘paydi. Sharof akam har kuni qo‘ng‘iroq qilar edi, mart oyining oxirida restoranga uchrashuvga taklif qildi. Men uydagilar ruxsat bersa, borishimni aytdim, u kishi ruxsat bermasalar-chi, deb so‘radi. Unda bora olmasligimni aytdim, biroq Sharof akam juda muhim gapim bor, dedi.

    Keyin uydagilarimdan yolvorib so‘radim, oilada bitta erkatoy qiz bo‘lganim uchun ko‘nglimga qarashdi. Biz o‘sha kuni soat 15:00 atrofida ko‘rishdik. Gaplashib o‘tirdik, shu payt telefoningizni berib turing, qo‘ng‘iroq qilib olay dedi. Telefonimni qo‘liga olganidan keyin darrov xabarlarni, suratlarimni, Telegram’imni, hattoki kontaktlarimni ham ko‘rdi. Keyin mana telefoningiz, deb indamay qaytarib berdi va men ham nimaga shaxsiy narsalarimga kiryapsiz, deb so‘rashga uyalgandim.

    Men esa Sharof akamdan qanday zarur gapi borligini so‘radim. U kishi uylanmoqchiligini aytdi, men uylaning, menga nima daxli bor dedim. Keyin hamma gap menda ekanini, men bilan turmush qurish niyati borligini aytdi. Hazil qilayotgan bo‘lsa kerak deb o‘yladim. Sharof akam sizni konsertda, ilk bor ko‘rganimda yuragim jiz etgan, ko‘zlarimni sizdan uzolmay qolganman, klip bahona edi, agar sizga klipni bahona qilib raqamingizni so‘ramasam, raqamingizni bermas edingiz, keyin sizni topa olmay qolar edim dedi. Men juda uyalib ketdim, hazillashmang, dedim.

    U kishi bu borada hazil qilmasligini aytdi. Sharof akam meni o‘sha kundan keyin har kuni kuzatganini, men haqimda ma’lumot to‘plaganini, keyin meni yaxshi ko‘rib qolgani haqida gapirdi. Nima deb javob berishni bilmadim, so‘ng uydagilarim chaqiryapti dedim.

    Ular to‘xtang, o‘zim tashlab qo‘yaman, qaysarlik qilmang dedi. Uyimga olib bordi va ungacha gapirib keldi. Men indamay eshitib keldim, keyin sizga qo‘ng‘iroq qilaman, o‘zingizni ehtiyot qiling dedi”, — deydi xonandaning rafiqasi.

    Sinovdan o‘tgan baxtli turmush egalari

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Ertalab darsga bordim, Sharof akam qo‘ng‘iroq qilganida ko‘tarmadim. O‘qish joyimga kelib, menga sovchi yuborishi haqida aytdi. Men esa hali turmush qurish niyatim yo‘q, dedim. U kishi sizni kutaman, deganida inson turmush qurishi uchun bir-birini yaxshi ko‘rishi kerakligi haqida gapirdim. Sharof akam mening sevgim ikkalamizga ham yetadi, to‘ygacha siz ham yaxshi ko‘rib qolasiz, dedi.

    Uyga bordim, Sharof akam har kuni qo‘ng‘iroq qilardi, juda ham romantik xabarlar yozardi, ko‘nglimdan joy olishga harakat qilardi. Vaqt o‘tib ko‘nglimdan joy oldi, qisqasi, u insonni yoqtirib qolgandim. Keyin Sharof akam bo‘ldi, sovchi yuboraman dedi, men esa avval uydagilarimni ko‘ndirishim kerakligini aytdim. Uydagilarni ko‘ndirishga harakat qildim, biroq ular rozi bo‘lmadi.

    Sharof akamga ularning ko‘nishmaganini aytganimda, ko‘ndirishga harakat qiling, hind kinolarida bir-birini yaxshi ko‘rsa, ota-onasi qarshi bo‘lsa ham, kurashadi, bizning ulardan nima kamimiz bor, oilada bitta farzandsiz, sizning aytganingizni qilishadi va boshqalar bilan emas, men bilan yashaysiz, hayot bizniki dedi. Bu gaplar menga motivatsiya bo‘ldi.

    Xullas, men yana uydagilar bilan gaplashdim, biroq eplolmadim. Sharof akamga aytdim, uyingizga borib o‘zim gaplashaman, siz faqat o‘zimniki bo‘lasiz deb bir o‘zi keldi va uydagilarim bilan gaplashdi. Sharof akamning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, madaniyati, mehribonligi, aqlli ekani uydagilarimning e’tiboriga tushgandi, shu sabab ular o‘ylab ko‘ramiz dedi.

    Keyin sovchi yubordi, fotiha to‘yimiz bo‘ldi, o‘qishimni bitiray desam, to‘yni ham shu yil yozda qilishimiz, bo‘lmasa uydagilarim fikridan qaytib qolishi mumkinligi haqida gapirdi. Biz nikohdan o‘tdik, ro‘zadan keyin to‘yimiz bo‘ldi va Allohga shukr keyinroq o‘g‘limiz Toxirjon dunyoga keldi. Qissamiz shunaqa boshlangan” , — deydi Sharof Muqimovning rafiqasi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumot uchun, Sharof Muqimovning rafiqasi 2021-yilning 19-dekabr sanasida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan edi. Xonanda “Shok.uz” YouTube-kanaliga bergan intervyusida rafiqasiga 2020-yil Spark, farzandini dunyoga keltirgandan keyin esa Tracker mashinasini sovg‘a qilganini, bu borada unga do‘stlari yordam berganini aytdi.

    Foto: “Yandex.ru”

    Foto: “Yandex.ru”

    “O‘g‘limning ismini Shavkatov Toxirjon deb qo‘ydik. Yaxshi niyat qilgandim. O‘tgan yili Spark mashinasini, bu safar esa yaxshirog‘ini sovg‘a qilmoqchiman. Farzandni dunyoga keltirayotgan ayollar biz erkaklarning baxtiga sog‘ bo‘lsin. Har bir ayolga e’tibor bersak, ular hech qachon bor mehrini oilasidan, turmush o‘rtog‘idan ayamaydi. Shuning uchun niyat qilgandim, do‘stlarim yordamida shu Tracker mashinasini ayolimga sovg‘a qilyapman”, — degan edi xonanda.

    Mavzuga doir: 

    • Surxondaryolik muxlisiga uylangan Sharof Muqimov to‘ydan avval rafiqasiga qanday shart qo‘ygani haqida so‘zlab berdi
    • Oila qurib, so‘ng ajrashgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    26.07.2022, 16:48   Izoh (0)   41846
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘g‘irlanmagan kelin”, “Hayotda hamma narsa bo‘ladi”: Bollivud yulduzlari Shohrux Xon va Kajol partnyorligidagi eng yaxshi filmlar (video)

    26.07.2022, 14:38

    Mavluda Asalxo‘jayeva otasini aldab teatr institutiga o‘qishga kirgani, maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagani va Turkmanistonning mashhur rok guruhida qo‘shiq kuyla...

    26.07.2022, 11:18

    “Jadidlar” kitoblar to‘plamini nashr etish uchun budjetdan qancha mablag‘ sarflangani ma’lum bo‘ldi

    26.07.2022, 10:33

    “Ayolim Dilnoza Kubayevaga o‘xshasin, ammo aktrisa bo‘lmasin”. Yosh aktyor Temur Kubayev mashhur opaning ukasi bo‘lish mas’uliyati haqida

    26.07.2022, 09:23

    Instagram: Toshkentga ko‘chib kelgan Lola, Shohruxxondan “yulduzli” premyera, qo‘rquvini yenggan Durdona Qurbonova

    25.07.2022, 22:45

    Rol uchun 25 kg ozgan, sochini kalga oldirgan: Sifatli ijod mahsuli uchun tashqi ko‘rinishini butunlay o‘zgartirgan shou-biznes vakillari (foto)

    25.07.2022, 18:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.