Jennifer Lopes va Ben Afflek ajralish arafasida ekani haqida bir nechta xorijiy manbalar tasdiqlab yozmoqda. OAV juftlikni so‘nggi marta Benning o‘g‘li ishtirokidagi basketbol o‘yini vaqtida birga ko‘rgan bo‘lsa-da, endilikda ularning uyi sotuvga qo‘yilgani haqidagi e’lon paydo bo‘ldi.
![](/static/2024/06/06/1-XoSCOuK3.jpg)
O‘tgan yili Gollivudning mashhur juftligi 60 million dollarlik katta maydonga ega uyni sotib oldi. Ular qulay uyni qidirishga deyarli ikki yil vaqt sarfladi. Bir necha kun avval esa rieltorlik saytida mazkur ko‘chmas mulk suratlari joylashtirildi. E’londa uy sotilgani haqida ham qayd etilgan, deb yozadi Page Six.
Bundan tashqari, Afflek 16-may kuni Los-Anjelesdagi uylaridan biridan chiqib ketayotganida kamera obyektiviga tushib qolgan — aktyor u yerda tunab qolgan, deb taxmin qilinyapti. Aytishlariga qaraganda, Ben allaqachon boshqa uyga ko‘chib o‘tgan. Ben yashaydigan xonadonga sobiq rafiqasi Jennifer Garner tez-tez tashrif buyuradi. Sobiq er-xotinning do‘stlari aytishicha, Jennifer Benning nikohini saqlab qolishga yordam berishni istaydi.
![](/static/2024/06/06/a98d5f6b0d470afd5cab7fe79ccc9192-scaled-e1697803730573-768x493-QX2tro-I.jpg)
Ben Afflek va Jennifer Lopes o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sababi hozircha noma’lum. Ular kamdan kam hollarda birga jamoat joylariga tashrif buyuradi. Kuni kecha xonanda Lopes oilasi va qizlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun musiqiy gastrol safarlarini bekor qildi.