Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Bo‘ston” MFYda qator ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirildi. Binolar 2-sektor rahbari tashabbusi bilan homiylik mablag‘lari evaziga barpo etildi.
Oltiariq tumani prokurori, 2-sektor rahbari Rustamjon Tillayev va “mahalla yettiligi” hudud aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazgan. Muloqotda “Bo‘ston” MFY binosi yo‘qligi, maktab, bog‘cha, tibbiyot punkti yetishmasligi ma’lum bo‘lgan. Bu xizmatlardan foydalanish uchun aholi, ayniqsa, bolalar 7 kilometrgacha masofa bosishiga to‘g‘ri kelgan.
Sektor rahbari va “mahalla yettiligi” hudud tadbirkorlari bilan maslahatlashib, zarur binolarni homiylik mablag‘lari hisobidan, hashar yo‘li orqali qurishga kelishadi.
Natijada bir yarim oy muddatda zamonaviy mahalla binosi, 29-boshlang‘ich maktab, 7-maktabgacha taʼlim tashkiloti filiallari, tibbiyot punkti hamda kutubxona qurib bitkaziladi.
Loyiha qiymati 2,5 milliard so‘mga baholangan bo‘lib, binolar qurilishi homiylik mablag‘lari hisobidan amalga oshdi.
Izoh (0)