Toshkentning Bektemir hamda Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.
Shu bois 6-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: “Sohil”, “Musaffo” hamda “Nurli yo‘l ” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 14:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Ijodkor”, “Temuriylar”, “Chingeldi”, “Iqtidor” hamda “Sarbon” MFYlarining ayrim hududlarida soat 01:00 dan 05:00 gacha.
“O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)