Turkiya ilk bor Yevropaga tabiiy gaz eksport qila boshladi.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on TRT Haber telekanali orqali Anqarada bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng xalqqa murojaatida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning BOTAŞ kompaniyasi Yevropaning uchta davlatiga gaz eksport qilishni boshladi.
“BOTAŞ kompaniyasi Bolgariya, Vengriya va Ruminiyaga gaz eksportini boshladi, biz birinchi marta qo‘shnimiz bo‘lmagan Yevropaning ikki davlatiga gaz eksport qilmoqdamiz”, — dedi Erdo‘g‘on.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilgandi.
Siyosatchi konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish zarurligi, hozirgisi “siyosiy elita manfaatlarini aks ettirishi”ni ta’kidlab, mamlakatga yangi qonunlar to‘plami kerakligini bildirgandi.
Izoh (0)