Buxoro viloyatining Jondor tumanida Nexiaʼning shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etdi, 2 kishi jarohatlandi. Bu haqdagi maʼlumot Jondor tumani hokimining farmoyishida qayd etilgan.
Unga ko‘ra, hodisa 30-aprel kuni soat taxminan 07:00 larda Jondor tumanining “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 avtomagistral yo‘lining 305-kilometrida sodir bo‘lgan.
Xorazm–Buxoro yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia rusumli 90 T 401 MA davlat raqami belgili avtomobilning shinasi yorilib ketishi natijasida 3 nafar fuqaro vafot etgan va 2 nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Farmoyishda masʼullarga tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududda qidiruv-qutqaruv ishlari tashkil etilishi bo‘yicha topshiriq berilgan.
Izoh (0)