AQSH hukumati Rossiyada faoliyatini davom ettirayotgan xorijiy banklarga nisbatan ikkilamchi sanksiyalarni kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSH moliya vaziri Janet Yellen xabar berdi.
Vazir qaysi banklar va qanday cheklov choralari haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmagan.
Sanksiyalar, agar kerak bo‘lsagina qo‘llaniladi, ammo Rossiyada ishlayotgan banklar bu juda xavfli ekanligini tushunishlari kerak, — dedi AQSH G‘aznachiligi rahbari.
Yellen Rossiyaning Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiya orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarini tilga olib, Rossiya harbiy ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun zarur bo‘lgan tovarlarni olish imkoniyatini topganidan xavotir bildirgan.
Italiyada bo‘lib o‘tgan G7 mamlakatlari moliya vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi chog‘ida Italiya banki rahbari Fabio Panetta Italiya banklari Rossiya bozorini tark etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar olganini aytgan.
Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan so‘ng, AQSH, Yevropa Ittifoqi davlatlari yirik rus banklariga qarshi sanksiyalar joriy etgan edi.
Izoh (0)